2) Alangalanish. Suyuq, yonuvchi moddalarni qizdirish chaqnash
haroratidan yuqorida ham davom ettirilsa, uning bug’lanishi jadallashadi va
shunday bir vaqt keladiki, unga alanga yaqinlashtirilsa chiqayotgan bug’lar
chaqnaydi va yonishda davom etadi. Suyuqlikning shu holatdagi harorati
alangalanish harorati deb ataladi.
3) O’z-o’zidan alangalanish. Agar yonuvchi suyuqlikni alangalanish
haroratidan yuqori bo’lgan holatda ham qizdirish davom ettirilsa-yu, lekin ochiq
alanga yaqinlashtirilmasa, ma’lum bir vaqtda, ajralib chiqayotgan bug’lar o’zidan-
o’zi alangalanib ketadi. Yonuvchi suyuqlikning ana shu holatdagi harorati o’z-
o’zidan alangalanish harorati deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |