HFX maqsadiga erishishda ikki masala yechilishi lozim:

1. Ilmiy (inson-mashina sistemasini; atrof muhit-inson, xavfli (zararli) ishlab chiqarish omillari va boshqalarni matematik modellashtirish);
2. Amaliy (uskunalarga xizmat ko`rsatishda mehnat xavfsizligini ta’minlash).
Toshkent davlat transport universitetida mehnat muhofazasi bo`yicha keng ko`lamdagi ishlar olib borilmoqda, shular jumlasidan “Texnosfera xavfsizligi” kafedrasi “O`zbekiston temir yo`llari” AJ topshirig`iga asosan institut ilmiy kengashining 2017-yil 6-iyuldagi qarori hamda 2017-yil 25-avgustdagi institut rektorining 490-U sonli buyrug`iga asosan tashkil etildi va o`z faoliyatini 2017-2018 o`quv yilida boshladi. Bu kafedrani tashkil etishdan maqsad transport tizimida sodir bo`ladigan ko`ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida talabalarning mehnat muhofazasi va hayot faoliyati xavfsizligiga doir bilimlarini mustahkamlashdir.

«Hayotiy faoliyat xavfsizligi» kursi bo`lg`usi mutaxassislarni mеhnat muhofazasining ilmiy asoslariga doir bilimlar bilan qurollantirish va ularda ishlab chiqarishdagi mеhnat sharoiti hamda mеhnat muhofazasini yaxshilash muammolarini ijobiy hal etishga qiziqish uyg`otishga mo`ljallangan. Buning ilmiy zamini esa quyidagilardan iboratdir:

ishlab chiqarishda shikastlanish, kasalliklar, ishlab chiqarishda sodir bo`ladigan yong`in hamda portlashlar sabablarini har tomonlama tahlil qilish;
ishlab chiqarishdagi xavflilik va zararlilik darajasini o`rganish;
temir yo’l transportida qabul qilingan yoki joriy etishga tavsiya etiladigan, og`ir hamda sеrmеhnat ishlarni avtomatlashtirishni ko`zda tutuvchi tеxnologik jarayonlarni baholash.