Takrorlash uchun savollar
1. O`t o`chirish qurilmalari nima maqsadda qo`llaniladi?
2. O`t o`chirish moslamalari necha turga bo`linadi?
3. OUB-3 o`t o`chirish qurilmasining ishlash prinsipi nimaga asoslangan?
5.3. Portlash hodisasi, uning xususiyatlari, unga qarshi chora-tadbirlar.
Har bir sanoat korxonasi uning ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlatadigan xomashyosi chiqaradigan mahsuloti va joylashgan binosining konstruksiyasiga ko`ra yong`in chiqishga, portlashga va yong`in chiqqan taqdirda uning tarqalishiga, shuningdek, yong`inning asoratiga asoslangan holda yong`inga va portlashga xavflilik darajasi belgilanadi.
Albatta, har bir sanoat korxonasida yong`in xavfi birinchi navbatda u yerda ishlatilayotgan xomashyoning va chiqarilayotgan mahsulotning yong`inga xavfliligi darajasi bilan o`lchanadi.
Shuning uchun ham sanoat korxonalarini kategoriyalarga ajratganda ishlatilayotgan moddalarning fizika-kimyoviy xususiyatlari albatta hisobga olinadi. Mana shu xususiyatlarni hisobga olgan holda qurilish norma va qoidalari asosida hamma sanoat korxonalari, skladlar yong`in va portlashga xavfi bo`yicha beshta kategoriyaga bo`linadi.
A toifa—yong`inga va portlashga xavfli sanoat korxonalari. Bularga suv, kislorod va bir-biri bilan birikishi natijasida portlashi va yonishi mumkin bo`lgan moddalarni ishlatiladigan sanoat korxonalari; alangalanish quyi chegarasi xonadagi havo hajmiga nisbatan 10 foiz miqdorni tashkil qilishi mumkin bo`lgan yonuvchi gazlar ishlatiladigan sanoat korxonalari; xona hajmiga nisbatan 5 foiz miqdorni tashkil qilishi mumkin bo`lgan va bug`larining alangalanish harorati 28 °C gacha bo`lgan suyuqliklar bilan ish olib boriladigan sanoat korxonalari. Bu toifaga oltingugurtli uglerod, efir, atseton va boshqa shunga o`xshash moddalar olinadigan sanoat korxonalari kiradi.
B toifa—portlash va yong`inga xavfli toifadir. Bu toifaga quyi alangalanish chegarasi havo hajmiga nisbatan 10 foizdan ortiq bo`lgan yonuvchi gazlar bilan ish olib boriladigan, shuningdek, chaqnash harorati 28 dan 61 °C gacha bo`lgan suyuqliklar hamda ishlab chiqarish jarayonida chaqnash haroratigacha yoki undan ortiq darajada qizdirilgan suyuqliklar bilan ishlaydigan va pastki alangalanish chegarasi 65 g/m3 dan kichik bo`lgan chang va tolalar bo`lgan va mazkur gazlar, suyuqliklar va changlar xona hajmining 5 foizdan ko`proq miqdorda to`planib, portlovchi aralashma hosil qilishi mumkin bo`lgan sanoat korxonalari kiradi. Mana shunday sanoat korxonalari sirasiga ammiak haydovchi compressor stansiyalari, detallarni kerosin bilan yuvib tozalash korxonalari mansubdir.
V toifa—yong`inga xavfli toifa. Bu toifaga bug`larining chaqnash harorati 61 °C dan yuqori bo`lgan suyuqliklar, quyi alangalanish chegarasi 65 g/m3 dan ortiq bo`lgan yonuvchi changlar va tolalar, shuningdek, bir-biri bilan, havodagi kislorod bilan va suv bilan birikkan holda yonuvchi moddalar va qattiq yonuvchi jismlar bilan ish olib boriladigan sanoat korxonalari kiradi. Ko`mir kukuni hosil qilish va yog`ochsozlik sanoat korxonalari shular jumlasidandir.
G toifa—yong`inga xavfli toifa. Bu toifaga yonmaydigan jism va materiallarga, qizdirib, cho`g`lantirib va eritib ishlov beradigan va ishlov berish davomida nurli issiqlik, uchqun va alangalar chiqish mumkin bo`lgan, qattiq, suyuq va gazsimon moddalar yoqilg`i sifatida ishlatiladigan sanoat korxonalari kiradi. Qozonxonalar, eritish va quyish sexlari, marten sexlari ana shu: toifadagi korxonalardandir.
D toifa—yong`inga xavfsiz toifa. Bunga yonmaydigan jismlar va materiallarga sovuq ishlov beradigan sanoat korxonalari kiradi. Mashinasozlik sanoat korxonalari, qurilish sanoat korxonalari shular sirasiga kiradi.
Omborlar va ba'zi tashqariga o`rnatilgan hajmli idishlarni yong`inga hamda portlashga xavflik toifalari ularda saqlanayotgan moddalar turiga qarab u yoki bu toifaga kiritish mumkin. Odatda, omborlarning yong`inga va portlashga xavfligi uni loyihalash va ishga qabul qilish vaqtida har bir vazirlik tasdiqlagan ro`yxat bo`yicha aniqlanadi.
Bundan tashqari ba'zi bir sanoat korxonalarini ularda ishlatilayotgan gaz, yengil alangalanuvchi suyuqlik va changlar tarkibiga qarab ham yong`inga xavflilik toifasini aniqlash mumkin.
Shuningdek, yonuvchi gaz va suyuqliklar bilan bog`liq bo`lgan sanoat korxonalarining yong`inga xavflilik toifalarini belgilaganda xuddi shu moddalar sanoat korxonasi xonasi hajmining 5 % dan ortiq qismida portlashga xavfli aralashma hosil qila oladimi-yo`qmi ekanligini aniqlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |