Kerakli jihozlar: Aspirator, filtr AFA-V-18, filtr uchun allonj, 0,1 mg aniqlikgacha o`lchovchi tarozi, barometr-aneroid, termometr.
Topshiriqlar:
Xalq xo`jaligi ishlab chiqarishida yuzaga keladigan changlar va ularning inson organizmga ta’sirini o`rganing.
Chang miqdorini aniqlash qurilmasining tuzilishi va ishlash tartibini o`rganing.
Belgilangan ish joyi havosi tarkibidagi chang miqdorini aniqlang, ruxsat etilgan miqdor (“PDK”) bilan taqqoslab, xulosalang.
Quyida ko`rsatilgan tarkibda hisobot tayyorlab topshiring.
Tayanch iboralar: chang, chang turlari, changlanish darajasi, ruxsat etilgan miqdor, aspirator, chang filtri, ruxsat etilgan miqdor.
Umumiy ma’lumotlar
Sof, toza havo bir qancha gazlar aralashmasidan iborat bo`lib, uning tarkibida 77 foiz azot, 21 foiz kislorod, 1 foiz is gazi va boshqa faol gazlar, 1 foiz inert gazlar mavjud bo`ladi. Lekin ishlab chiqarish sharoitida ish joyining havosi ishlab chiqarish texnologiyasi va ish sharoitiga bog`liq holda turli xil zararli changlar va gazlar bilan ifloslanadi.
Xalq xo`jaligi ishlab chiqarishining barcha sohalarida havo tarkibida hamisha ma’lum miqdorda, ya’ni 1m.kub havo tarkibida 0,25 mg.dan 0,5 mg gacha changlar bo`ladi. Changlarning inson organizmiga ta’siri ularning kimyoviy tarkibi va chang zarralarining o`lchami bilan baholanadi. Changlar kimyoviy tarkibiga bog`liq holda organik, noorganik (mineral), metall va aralash changlarga bo`linadi.
Yirik changlar odatda burun bo`shlig`ida ushlab qolinadi. Mayda changlar esa (asosan o`lchami 0,001 mm dan kichik bo`lgan changlar masalan: mayda tuproq, ohak, sement, don changlari va b.) nafas olganda burun bo`shlig`idan o`tib, o`pkaga o`rnashadi va ular tashqariga chiqib ketmaydi. Ishlab chiqarishda paydo bo`ladigan ayrim kichik o`lchamli changlar esa burun bo`shlig`ida va o`pka to`qimalariga o`rnashib olib, vaqt o`tishi bilan sekin-asta turli xil kasalliklarni kelib chiqishiga sababchi bo`ladi. Bundan tashqari changlar inson terisiga, burun to`qimalariga ham katta ta’sir etadi. Natijada ular har xil kasalliklar, jumladan allergik, sil, bronxial astma kabi kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Ish joylari havosi tarkibini me’yorlashtirish tadbirlaridan biri zararli moddalar miqdorini ruxsat etilgan miqdor (PDK) darajasiga olib kelishdir. Ish joylaridagi zararli moddalarning ruxsat etilgan miqdori (PDK) deb me’yoriy ish vaqti hisobida ishchining butun ish staji davrida uning sog`ligiga ta’sir etmaydigan va kasb kasalliklarini keltirib chiqarmaydigan miqdorga aytiladi.
Zararli moddalar inson organizmiga ta’sir etish darajasiga qarab 4 sinfga bo`linadi:
Favqulodda xavfli moddalar (PDK≤ 0,1 mg/m3).
Yuqori xavflilikdagi moddalar (PDK≤0,1…1,0 mg/m3).
O`rta xavflilikdagi moddalar (PDK≤1,1 …10,0 mg/m3).
Kam xavflilikdagi moddalar (PDK≥ 10 mg/m3).
Do'stlaringiz bilan baham: |