3-jadval.
Mikroiqlim ko`rsatkichlari
Yil fasli
|
Ish kategoriyasi
|
Harorat, oS
|
Nisbiy namlik, %
|
Havoning harakati, m|s
|
Atmosfera bosimi, mm.sim.ust
|
Ruxsat etilgan chegaraviy me’yor
|
Harorat, oS
|
Nisbiy namlik, %
|
Havoning harakati, m|s
|
Doimiy bo`lma-gan ish joyida harorat, oS
|
Yil ning so vuq va o`tish davri
|
engil-1
|
20-23
|
60-40
|
0,2
|
550-950
|
19-25
|
75
|
0,2
|
15-26
|
О‘rta og`ir-II a
|
18-20
|
60-40
|
0,2
|
550-950
|
17-23
|
75
|
0,3
|
13-24
|
O`rta og`ir-II b
|
17-19
|
60-40
|
0,3
|
550-950
|
15-21
|
75
|
0,4
|
13-24
|
Og`ir-III
|
16-18
|
60-40
|
0,3
|
550-950
|
13-19
|
75
|
0,5
|
12-19
|
Yil-ning issiq davri
|
Yengil-1
|
22-25
|
60-40
|
0,2
|
550-950
|
19-25
|
75
|
0,2-0,3
|
15-26
|
O`rta og`ir-II a
|
21-23
|
60-40
|
0,3
|
550-950
|
17-23
|
75
|
0,3-0,5
|
13-24
|
O`rta og`ir-II b
|
20-22
|
60-40
|
0,4
|
550-950
|
15-21
|
75
|
0,3-0,5
|
13-24
|
Og`ir-III
|
18-21
|
60-40
|
0,5
|
550-950
|
13-19
|
75
|
0,5-1,0
|
12-19
|
3.5. Texnosfera havosi tarkibidagi ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inson organizmiga salbiy ta’siri, ularga qarshi chora-tadbirlar
Ishlab chiqarish changlari, zaharli moddalar inson organizmiga turlicha ta’sir ko`rsatishi mumkin va ularga qarshi choralar quyidagicha belgilanadi:
Nafas olish organlari orqali – nafas olish organlariga nafas olish paytida kirib, ta’sir ko`rsatadi. Bularga qarshi dokali maska, respirator, gaz niqob ishlatiladi;
Me’da-ichak orqali – ovqatlanish davrida ovqatga qo`shilib oshqozonga tushishi mumkin. Bularga qarshi oziq-ovqatni zarali moddalardan saqlagan holda ovqatlanishdan oldin idish-tovoq va qo`lni yaxshilab yuvish kerak;
Teriga ta’sir etish orqali – zararli moddalarga qarshi maxsus kiyim va himoya vositalari bo`lishi kerak;
Ko`z va shilliq qavatlar orqali – yarim yoki to`liq maskali ko`zoynak va maskalardan foydalanib himoyalanish kerak.
Zaharli moddalar va changlar organizmga kirganidan keyin eruvchan yoki erimaydigan turlarga bo`linadi. Eruvchanlari qonga so`rilishi va asab va miya faoliyatiga ta’sir ko`rsatadi. Erimaydiganlari tegish joyini jarohatlaydi. Erimaydigan changni misol qiladigan bo`lsak, u o`pkaning alveola qismi (o`pkaning ichki shilliq qavatida 0,04 mm qalinlikdagi teshikchalar)ni to`sib qoladi va bu bilan insonning nafas olish davridagi o`pkaning kislorodni qabul qilish darajasi pasayadi.
Chang va ularning turlari. Chang – bu qattiq yoki suyuq moddalarning havoda muallaq so`zib yurishi mumkin bo`lgan mayda zarrachasi (Ko`pchilik adabiyotlarda – «qattiq moddaning havoda muallaq holatda bo`la oladigan eng mayda zarrachalari chang deb ataladi» - deb ko`rsatilgan). Ish turlariga qarab, chang miqdori 0,001 mgm3 dan 100 mgm3 gacha va undan ortiq (ko`mir sanoatida) bo`lishi mumkin.
Eslatma: Bug` holatida inson organizmiga zarar keltiruvchi suyuqliklarning bug`lari ham changga tenglashtiriladi.
Changlar kelib chiqishiga ko`ra 2 xil bo`ladi:
Tabiiy changlar - meteoritlardan va tuproqlarning shamol ta’siridan hosil bo`ladigan changlari.
Sun’iy changlar - ishlab chiqarish jarayonlarida hosil bo`ladigan changlar. Buni ishlab chiqarish changlari deb yuritiladi.
Kimyoviy tarkibiga ko`ra changlar organik va noorganik hamda aralash (organik va noorganik) changlarga bo`linadi. Organik changlarga organik moddalar - o`simlik, yog`och, plastmassa kabilar changlari kiradi. Noorganik changlarga noorganik moddalar - kvars, asbest, ohak va turli mineral moddalar changlari kiradi.
Chang va tutun umumiy holda aerozollar deb yuritiladi.
Changlarning fizik va kimyoviy xossalari ularning dispersligi (maydalanganlik darajasi), zarrachalarining shakli, ularning inson organizmida erish qobiliyati hamda kimyoviy tarkibiga bog`liq. Changning dispersliligi uning gigiyena jihatidan baholash uchun eng muhim alomati hisoblanadi. Changlarning havoda muallaq holatda bo`lish davomliligi, nafas olish organlariga kirib borish chuqurligi, fizik-kimyoviy faolligi va boshqa xossalari chang zarrachalarining o`lchamlariga bog`liq.
Turli organik suyuqliklar bug`lanib, havoda gidrozolni hosil qilishi mumkin. Bularni ham zararli omillar qatorida chang sifatida o`rganilishi mumkin.
Inson uchun eng xavfli changlar 0,2 dan 7 mk o`lchamdagi changlar hisoblanib, bular nafas olish natijasida o`pkaga kirib, o`pkada o`rnashib qoladi va turli xildagi o`pka kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Bunda o`pka alveolalari to`silishi natijasida kasallik kelib chiqishi juda xavfli hisoblanadi.
Changning disperslik darajasi ortib borishi bilan uning kimyoviy faolligi ortadi.
Changlarning eruvchanligi katta ahamiyatga ega. Agar chang zaharli bo`lmasa, ularning hujayra suyuqliklarida erishi maqbul hisoblanadi. Zaharli changning hujayra suyuqliklarida yaxshi eruvchanligi esa zararli bo`lib hisoblanadi. Chunki zaharli modda bu yo`l bilan qonga o`tadi va insonning butun organizmi bo`ylab tarqaladi.
Chang asosan nafas olish yo`llariga, o`pkaga, ko`zga shuningdek, teriga ta’sir qiladi.
O`lchamlari 5 mk li va undan katta chang zarrachalarining hammasi yuqori nafas olish yo`llarida, eng avvalo burun bo`shlig`ida ushlanib qoladi. Buning oqibatida shilliq parda shikastlanadi va yallig`lanadi, burun bo`shlig`ining tozalash (filtrlash) darajasi pasayib ketadi.
5 mk dan kichik chang zarrachalari o`pkagacha kirib boradi. Ular o`pkada uzoq turib qolishi natijasida pnevmokonioz kabi og`ir kasallikni keltirib chiqarishi mumkin. Bu kasalliklar chang turlariga qarab quyidagicha bo`ladi:
silikoz, silikatoz - tarkibida kremniy Si mavjud bo`lgan changlardan kelib chiqadi;
asbestoz - tarkibida asbest changidan yo`zaga keladi;
antrakoz - ko`mir changi ta’sirida paydo bo`ladi;
sideroz - temir changi ta’sirida kelib chiqadi;
allergoz - organik changlar ta’siridan yo`zaga keladi va hokazo. Shu kasalliklar kelib chiqishi hisobga olinib, chang sharoitida ishlashda changlardan himoya qilish vositalaridan foydalanish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |