7.28-rasm. O`lchovchi pult paneli. 1-shkala; 2-o`lchash pulti; 3-shkalani yorituvchi chiroq; 4-poddiapazonlarni o`zgartiruvchi; 5-birlashtiruvchi kabel; 6-nolga keltiruvchi vint; 7-telefon ulanadigan joy; 8-strelka ko`rsatishini nolga keltiruvchi knopka; 9-“Rejim” dastagi.
Panelga zond bilan o`lchaydigan pultni birlashtiruvchi kabel ulangan. Panel kojuxga maxsus vintlar bilan mahkamlanadi.
Kojux ostida energiya manbai (uchta batareya)ni qo`yish uchun joy bor. Energiya elementlari yo`q bo`lganda, 3-12V kuchlanishli akkumulyatorlardan foydalanish mumkin. Akkumulyator kuchlanishni bo`luvchi 10 m uzunlikdagi kabel yordamida ulanadi.
Poddiapazonlarni o`zgartiruvchi qurilmaning quyidagi holatlari bor; 100; ×1000; ×100; ×10; ×1; ×0,1. Ulardan asbobni kuzatishda va gamma-nurlanish dozalar quvvati har xil kattaligini o`lchashda foydalaniladi.
O`lchash shkalalari. Yuqoridagi shkala gamma-nurlanishning doza quvvatini ×1000; ×100; ×10; ×1; ×0,1poddiapazonlarda o`lchash uchun mo`ljallangan. Bunda zond ekrani “G” holatda bo`lishi kerak. Zond oynasi ochiq holda (“B” holatda) tekshirilayotgan obyektdan 1-1,5sm masofadagi betta-nurlanishlar miqdori aniqlanadi. Bunda gamma va betta-nurlanishlarning umumiy dozasi o`lchanadi.
Tepadagi shkalada qoraga bo`yalgan uchburchak va yoy bo`lib, ulardan asbobni sozlashda foydalaniladi. Doza quvvati 5 R/s bo`lganda, tepadagi shkala bo`yicha o`lchanadi. Rejimni rostlovchi potensiometr asbobga uzatilayotgan elektroenergiyani moslab turadi va ulaydi.
K o` r s a t i sh l a r n i o l i b t a sh l o v ch i k n o p k a qayta o`lchash talab etilganda asbob strelkasini tezda nol holatiga keltirish uchun xizmat qiladi. O`lchov asbobi strelkasi knopka yordamida nolga qaytmasa nolga keltiruvchi maxsus vintdan foydalaniladi. Buning uchun saqlovchi vint yechib olinib, uning tagida turgan ikkinchi vint buraladi va strelka nol holatiga qo`yiladi. So`ng yechib olingan saqlovchi vint joyiga qayta burab qo`yiladi.
A s b o b n i i sh l a t i sh uchun 1,6-PMS-X-1,05 (KB-1) tipidagi 3ta batareyadan foydalaniladi. Uchinchi batareya shkalani yoritish uchun mo`ljallangan chiroqchaga energiya beradi. Bundan tashqari 3,6 va 12 V kuchlanishli akkumulyatordan ham foydalanish mumkin. Energiya manbai komplekti yangi elementlardan foydalanganda asbobning 40 soat mobaynida uzluksiz ishlashini ta’minlaydi.
T e l e f o n - boshchalari yumshoq materialdan bo`lgan ikkita kichik o`lchamli TG-7M tipidagi telefondan tashkil topgan. Bular Radioaktivlikning borligini tovush yordamida aniqlashda qo`llaniladi. Radiatsiya darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, shuncha tovush belgilari eshitiladi. U 200 poddiapazondan tashqari hamma poddiapazonlarda ishlaydi.
Q u t i - asbobni olib yurish va to`liq komplektni saqlashga mo`ljallangan.
E h t i yo t q i s m l a r g a - taglik, vintlar, qalpoqchalar, zond uchun chexollar, qizdirish chiroqlari va buragichlar kiradi.
H u j j a t l a r – ishlatish bo`yicha yo`l-yo`riq (instruksiya ) va texnik ko`rsatmadan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |