Laboratoriya mashg`ulotlarni o’tkazishning tashkiliy shakllari
Laboratoriya mashg`ulotlarni tashkil etishning asosiy shakllariga quyidagilar kiradi:
a) bir mavzudagi ishni ko’pchilik talabalar tomonidan bir vaqtning o’zida bajarish usuli ya’ni bitta frontda ishlash ― frontal mashg`ulotlar. Mashg`ulotlarni frontal tizimda olib borishning afzalligi shundaki, bu usul talabalarning mazkur mashg`ulotlarga tayyorgarlik ko’rishini va o’qituvchi tomonidan ishning bajarilishini boshqarishni bir qadar yengillashtiradi (chunki barcha talabalar bir vaqtning o’zida bir turdagi ishlarni bajaradilar). Bu usulning asosiy kamchiligi shundaki, bir vaqtning o’zida bajariladigan bitta mavzuga tegishli bir xildagi asbob-uskunalar bilan barcha talabalarni ta’minlashga o’quv muassasining imkoniyati hamma vaqt ham yetishavermaydi;
Do'stlaringiz bilan baham: |