2 jadval
Yoritish koeffitsiyenti me’yorlari
Ko’rish ishlarining xususiyati-lari
|
Ko’rish ob’ektini eng kichik o’lchami
|
Ko’rish ishining toifas i
|
Ko’rish ishning toifasi bo’limlar i
|
Sun’iy yoritish LK
|
|
Tabiiy yoritilganlik TYoK%
|
|
|
Murakkab
|
Umumiy
|
Qalin qor bilan qoplangan hududlar
|
SNGni qolgan
hududlari uchun
|
O’ta yuqori aniqlikdagi
|
0,1 5 kichik
|
1
|
A
B
|
5000
4000
|
1500
1250
|
1 0
|
2,8
|
3,5
|
yuqori aniqlikdagi
|
0,15-0,3
|
|
V
G
|
2500
1500
|
750
400
|
|
|
|
|
|
2
|
A
B
|
4000
3000
|
1250
750
|
7
|
2
|
2,5
|
aniqlikda
|
0,3-0,5
|
3
|
A
B
|
2000
1000
|
500
300
|
6
|
1,6
|
2
|
|
|
|
V
G
|
750
400
|
300
200
|
|
|
|
O’rtacha aniqlikda
|
0,5-1,0
|
4
|
A
B
|
750
500
|
300
200
|
4
|
1,2
|
1,5
|
|
|
|
V
G
|
400
300
|
200
150
|
|
|
|
Kam aniqlikda
|
1,0-5,0
|
5
|
A
B
|
300
200
|
200
150
|
3
|
0,8
|
1,0
|
|
|
|
V
G
|
|
150
100
|
|
|
|
O’takam aniqlikda
|
0,5 yuqori
|
6
|
|
|
150
200
|
2 3
|
0,4 0,8
|
0,5 1,0
|
3 jadval
Topshiriq bo’yicha jadvallarni to’ldiring lyuminessent va cho’g`lanma chiroqlarning yoritilganligi solishtirilsin
Chiroqning turi
|
Quvvati Vt
|
Chiroq o’rnatilgan balandlik sm
|
Yoritilganlik lk
|
Lyuminessent
|
|
|
|
Cho’g`lanma
|
|
|
|
5-6-Tajriba ishi
Mavzu: Sanoat korxonalaridagi shovqinni va tebranishni aniqlash
I.Mashg`ulotning maqsadi: Ishlab chiqarish xonalaridagi ish o’rinlarida vujudga keladigan shovqinni kattaliklarini o’lchashni, va alohida shovqin Himoyalovchi vositalar samaradorligini baHolashni o’rganish, asboblar bilan ishlash uslublarini bilib olish.
II. Ishga kerakli bo’ladigan asbob va jiHozlar.
1)Shovqinni tadqiqot qilish uchun tajriba qurilmasini sxemasi.
2) O’lchov asboblari: Shovqin va titrashni o’lchagich IShV-1.
III. Tajriba mashg`ulotini bajarish tartibi:
1) Shovqin o’lchovchi asbobni ishga tayyorlash:
2) Shovqin spektral tarkibini tadqiqot etish:
3) Tovush yutuvchi yuzalarda shovqinni pasayish samaradorligini tadqiqot etish:
4) Tovushni ajratuvchi (izolyatsiyalovchi) to’siqlarni shovqin ajratish samaradorligini
tadqiqot etish:
IV. Tajriba mashg`ulotining bajarilishi bo’yicha o’quvchining hisoboti:
1) Tajriba qurilmasining sxemasini keltiring va unga izoh bering:
2) Shovqinni o’lchovchi IShV 1 asbobning tuzilishi va ishlash prinsipi to’g`risida tushuncha bering, chizmasini chizing.
3) 1 chi topshiriq bo’yicha yozma ravishda tushuncha bering
4) Ikkinchi topshiriq bo’yicha yozma ravishda tushuncha bering.
5) 3 chi topshiriq bo’yicha yozma ravishda tushuncha bering
6) Ish natijalari bo’yicha o’zingizning shaxsiy Hulosangizni qisqacha izoHlang
Ish to’g`risida umumiy tushunchalar:
Shovqin - bu har xil chastotali va kuchli tovushlarning tartibsiz aralashib, inson faoliyatiga xalaqit beruvchi va yoqimsizlikni yuzaga keltiruvchidir.
Uzoq davom etuvchi shovqin odam organizmiga ta’sir etib, bosh og`rig`ini, uyqusizlikni, diqqatini susayishini, markaziy asab va yurak-qon tomirlari tizimi bezovtalanishini, oshqazon-ichaklar faoliyati pasayishini, qisman yoki to’liq eshitish qobiliyati yo’qolishini vujudga keltiradi. Shuningdek shovqin sathining o’sishi ayrim ishlarni bajarishda ish umumdorligini pasayishiga olib keladi. Shu sababli shovqin sathini pasaytirish, undan odamlarni himoyalash-juda ham muhim, mas’uliyatli vazifa hisoblanadi. O’zining yuzasidan tovush to’lqinlarini chiqishiga olib keluvchi titrovchi, tebranuvchi yuzalar (tovush to’lqinini tarqatuvchi qattiq, suyuq va gaz shaklidagi muHit) shovqin manbai bo’lib, hisoblanadi. Atmosfera bosimi bilan solishtirganda shovqin Havoga aralashib, unda davriy ravshida bosimni oshishiga yoki kamayishiga olib keladi. To’liq bosim va o’rtacha bosimlar orasidagi farqning qisqa vaqtdagi qiymati tovush bosimi deb aytiladi. Odamning qulog`i 2.10~5 dan 2.102 Pa-gacha intervaldagi bosim o’zgarishini sezish qobiliyatiga ega. Bu kattaliklar pastki va yuqorigi seziladigan (porogovme) bosim deb aytiladi. Amalda tovush bosimini baHolash absolyut kattaligida emas, balki ularning logarifmik sathida baHolash qabul qilingan, u quyidagi formula orqali aniqlanadi.
L=20*lg (P/P0)
bu yerda : R - manbadan chiqadigan Haqiqiy tovush bosimi, Pa
Ro -tovush bosimining pastki seziladigan qiymati, Pa.
Tovush bosimi sathni o’lchov birligi sifatida bel (B) qabul qilingan. Amaliyotda eng kichiq birlik detsibel (dB) qabul qilingan.
Tovush bosimi Alohida chastotadagi shovqinning, tashkil etuvchi tonlarini ma’lum bir kattalikdagi qiymatlar bilan taqsimlashini shovqinni spektral tahlili deyiladi va to’g`ri keluvchi filtrlar majmuasi yordamida shovqin o’lchagich (shumomer)da amalga oshiriladi, unda faqatgina belgilangan intervaldagi chastotali tovushlarni xarakterlovchi qismi ajratiladi. Shovqin manbaini aniqlash va undan Himoyalanish chora tadbirlarini ishlab chiqish uchun shovqin spektrini bilish kerak.
Shovqinni ruxsat etilgan chegaroviy sathi (DAVAN-12.003-83 "SSBT.Shum.Obvdiye trebovaniya bezopasnosti") "MXST. Shovqin. Xavfsizlikni umumiy talablari"da ko’rsatilgan, bo’lib, chastotani o’rtacha geometrik standartlar qatori uchun aktiv kenglikdagi chastotasi: 63; 125; 500-8000 Gsga teng.
(DAVAN 12.1.029-80) da shovqindan Himoyalanish uslublarini klassifikatsiyasi keltirilgan. Ushbu ishda shovqinni tarqalish yo’lida, tovush yutuvchi materiallar va tovushdan Himoyalovchi to’siqlarni qo’llash Hisobida kamaytirish tadqiqot etiladi.
Odatdagi qurilish materiallaridan (beton,g`isht,shishablok va boshqalar.) bajarilgan xonaning shiftidan, devoridan tovush to’lqinining asosiy qismi bir necha marta qaytadi. Natijada esa xonadagi shovqinni umumiy satxi 5-15 dB ga ortadi. Maxsus tovush yutuvchi material va qurilmalardan tayyorlangan devor hamda shiftlar esa shovqinni 6-8 dB ga kamaytiradi. Bunda g`ovak, yumshoq, o’yiqcha strukturali (yacheyka), kichiq solishtirma og`irlikli (mineral, vata (paxta), o’ta yupqa shisha momiqli mato, kichiq o’lchamli (fraksiya) keramzit va boshqalar.) materiallar eng katta samara beradi. Amaliyotda tovushni yutuvchi materiallarning qalinligi 20- 200 mm gacha bo’ladi.
Ushbu ishni o’tkazish uchun tajriba qurilmasidan foydalaniladi. Qurilmada operator kabinasi va tovush kamerasi, bo’lib ishlab chiqarish xonasini qiyoslaydi. Shovqin manbai sifatida ushbu ishda SS-1 sirena qo’ng`iroq bildirgichdan (signaldan) foydalaniladi. Undan chiqadigan shovqinni sathi ruxsat etilgan me’yor chegarasidan yuqori bo’ladi.
Shovqin kamerasining tovush kanali kabina bilan tutashgan bo’lib, uni turli xildagi tovush yutuvchi devorlar (to’siqlar) bilan berkitish mumkin. Shovqin kamerasi qopqoq bilan taminlangan, u orqali tovush yutuvchi to’siqlarni almashtirish va shovqin yutuvchi yuzali qalqonni o’rnatish mumkin. Operator kabinasi odam tomonidan shovqinni turli sathini sub’ektiv baHolashni va Himoyalash chora-tadbirlari samarodorligini baHolash uchun xizmat qiladi. Unga bir kishi o’tirishi yoki turishi mumkin. Tovush yutuvchi qalqon sifatida porolon qoplamali qalinligi 4 mm va qalinligi 20 mm kigizli faneradan foydalaniladi. Tovush Himoyalovchi to’siq sifatida fanera, shisha, shovqun yutuvchi yuzali kartondan foydalaniladi.
Shovqin va titrashni o’lchagich asbobi IShV-1 tovush bosimiini sathini, titrash tezligini va titrash tezlanishini chastotasini aktiv intervalda Hamda tovush sathini A, V, S va LIN chastotalari Harakteristikasi bo’yicha o’lchash uchun mo’ljallangan. Asbobni faoliyat ko’rsatishi tovush bosimini o’zgartirishga asoslangan bo’lib, shovqin satxini o’lchashda mikrafonga qabul qilinadigan elektro signalni kattaligiga proporsional ravishda kuchaytirilgandan so’ng o’lchov asbobiga uzatiladi va dB da baHolanadi. Asbob tarmoqga yoki «Mars» turdagi 8 ta elementlardan tarkib topgan batareyalar blokiga o’lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |