Qutqaruvchi omillar
Kishini turli tusdagi hodisalardan qutqaruvchi bir nechta
omillar mavjud. Birinchisi, ular yuz berganda qo‘rqmaslik,
ikkinchisi, sovuqqon bo‘lish, uchinchisi, tez va to‘g‘ri harakat
qilish, to‘rtinchisi, oldindan tayyorgarlik ko‘rish. Albatta, bular
o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Shu sabab, ularni shakllantirish
lozim. Buning uchun tayyorgarlik ko‘rish, ular haqida muayyan
bilimga ega bo‘lish, amalda bajarib turish lozim.
Qo‘rquvni yengish
Inson tushib qolishi mumkin bo‘lgan xavfli ekstremal vaziyatlar
ruhiy va hissiy zo‘riqish keltirib chiqaradi. Notinchlik,
xavotirga tushishdan boshlab, qo‘rquv va vahimagacha bo‘lgan
holatlar inson ruhiy holatining ko‘lamini belgilab beradi.
Qo‘rquv hissi asosan xavfli vaziyat va holatlarda vujudga keladi.
1966-yilda yuz bergan Toshkent zilzilasida jarohatlanishning
aksariyati odamlarning ruhiy ahvoli tufayli kelib chiqqan bo‘lib,
bu sabab boshqa omillarga qaraganda ko‘proq talofatlarga olib
keldi. Xuddi shunday oqibatlar boshqa zilzilalarda ham
kuzatilgan. Demak, vaqti kelganda harakatlarimizni puxta
o‘ylab, vasvasaga tushmasdan, aniq harakat qilishimiz kerak.
Qo‘rquv, bu – salbiy hissiy holat, o‘z-o‘zini saqlash
instinktining tabiiy hosil bo‘lishidir. Qo‘rquvni his qilish, bu –
aqli raso kishi uchun tabiiy va mantiqan to‘g‘ri holatki, uning
bo‘lmasligi o‘sha insonning ruhiyatida qandaydir kamchilik,
yetishmovchilik mavjudligini bildiradi.
Nazorat qiluvchi qo‘rquv insonni ongli ravishda sergaklikka
chaqiradi, hamda jismoniy kuchlarni birlashtiradi, fikrlashni
tezlashtiradi, diqqat-e’tiborni jamlaydi, mushkul vaziyatlardan
chiqib ketishda yordam beradi.
Qo‘rquvni boshdan kechirayotgan inson ko‘pincha bo‘lishi
mumkin bo‘lgan ko‘ngilsizliklarni faqat taxminiy ehtimoliga ega
bo‘ladi va ana shunday, aksariyat hollarda ishonib bo‘lmaydigan
yoki bo‘rttirilgan taxminlar asosida harakat qiladi.
Qo‘rquv, bu – inson organizmining «diqqat!», deb xitob
qiluvchi signal tizimidir.
63
Qo‘rquv – xavfga nisbatan hissiy ta’sirlanish shakllaridan
biri sifatida nafaqat inson tushib qolgan holatlarga, balki uni
iroda sifatlariga, shayligi va uyushqoqligiga, vaziyatga to‘g‘ri
baho berishiga, o‘ziga bo‘lgan ishonchiga bog‘liq bo‘ladi.
Qo‘rquvning salbiy oqibatlarini yengib o‘tish uchun quyidagilarni
bilish zarur:
1. Qulay joylashib oling, chuqur nafas olgan holda yuqoriga
qarang va ko‘zni ufq darajasiga tushira borib, ohista nafas
chiqaring hamda o‘pkani undan bo‘shating. Ushbu mashqni bir
necha marta bajaring.
2. Shu bilan bir vaqtda barcha mushaklarni bo‘sh qo‘ying.
Bunda shuni bilingki, kishi faqat o‘z nafas olishini tartibga sola
olsagina, mushaklarni bo‘sh qo‘ya olishi mumkin. Ekstremal
vaziyatda kishi bir tekis va xotirjam nafas ola boshlasa, u tezda
tinchlanib oladi.
3. Vaziyatlarga xotirjamlik bilan baho bering, diqqate’tiborni
faqat eng yaqin masalalarga qarating. Bunda albatta
o‘z – o‘ziga ishonch hissi kuchli bo‘lishi lozim. Biroq bunday
vaziyatda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan quyidagi holatlarni
yodda tuting:
- o‘z imkoniyatlaringizga ortiqcha baho berib yubormang;
- qat’iyatli va ishonchli bo‘ling;
- ushbu holatda atrofingizdagi barcha narsalarga e’tibor
qarating;
- ishonch, dadillik uyg‘otish uchun o‘z-o‘zingiz bilan
gaplashing;
- keyingi harakatni rejalashtiring;
- Ushbu vaziyatlarda be’manilikday ko‘rinsa ham biron –
bir jismoniy ish bilan shug‘ullaning, shunda ruhiy osoyishtalik
yanada tezroq tiklanadi.
Qo‘rquv hissini kamaytirish uchun ekstremal vaziyatlarda
irodani, o‘zini tuta bilishni tarbiyalash lozim. Bunday sifatlarga
muayyan, aniq harakatlarni ko‘p martalab takrorlash, buning
uchun zarur bo‘lgan mashqlarni bajarish orqali erishish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |