Zilzilalar va ular oqibatlaridan muhofazalanish usullari
Dunyo bo‘ylab yuz berayotgan, ko‘lami hamda
keltirayotgan talofati ortib borayotgan turli tusdagi tabiiy,
texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar keng
jamoatchilikni, davlatlar hamda yuqori nufuzga ega bo‘lgan
Xalqaro tashkilotlar e’tiborini tortmoqda.
Agarda e’tibor berilsa, zilzila insonlarga unchalik katta xavf
solmaydi. Ularning qurbon bo‘lishi va yaralanishiga asosan u
keltirib chiqargan ikkinchi turdagi hodisalar sabab. Bu baxtsiz
hodisalarga quyidagilar kiradi:
* binolar ba’zi qismlarining buzilishi va qulashi, g‘isht
parchalari, shiftdagi bezaklar, chiroqlarning tushib ketishi;
* oyna parchalarining yuqori qavatdan tushishi;
* elektr simlarining yo‘llarga tushishi;
* xonadon ichidagi og‘ir buyumlarning tushib ketishi;
* qo‘rquv yoki vahima oqibatida insonlarning g‘ayrioddiy
xatti-harakatlari;
* gaz quvurlarining yorilib ketishi va yong‘inning paydo
bo‘lishi ;
* kuchli zaharli modda obyektlarining soz holatdan chiqib
ketishi;
* suv omborlari va boshqa tabiiy ko‘llarning buzilib ketishi;
* yuqumli kasalliklarning paydo bo‘lishi va hk.
Olimlarning fikriga qaraganda zilzila paytida
jabrlanganlarning 10 % zilzila oqibatida qulab tushgan jismlar,
ya’ni binolardagi o‘pirilishlar, zinalarning buzilib ketishi yoxud
shu kabi omillar sabab jabrlansa, qolgan 90% zilzila davrida
qanday harakat qilishni bilmasligi oqibatida jabrlanar ekan.
Zilzilalarga tayyorlanish kichik qadamlardan boshlanadi.
59
Zilzilalar yuz berayotgan yoki seysmik faol hududda
yashovchi kishilar uchun u doimiy xavf manbasi hisoblanadi.
Inson umri davomida hamisha o‘zini turli xavflardan oldindan
himoyalashga harakat qilgan. Uning manbasi, kelib chiqish
sabablarini o‘rgangan, imkon qadar bunday xavflarni yuz
berishini oldini olgan. Buni yuqorida keltirilgan mavzularda
ham aytdik. Hayotimizda ko‘plab xavf manbalari bilan
tanishmiz va ularning oldini olishga harakat qilganmiz.
Masalan, uyimizni begonalardan muhofaza qilish uchun temir
eshik, oynalarga panjara qo‘yamiz, signalizatsiya o‘rnatamiz,
kuzatuv kameralari qo‘yamiz, mashinamizda xavfsizlik
kamarini taqamiz. Bunday ehtiyotkorliklar biz uchun oddiy hol
bo‘lib qolgan.
O‘z xonadonini zilziladan xavfsiz qilish ham seysmik hududda
yashovchi insonlar uchun odat bo‘lishi lozim.
Avvalambor biz uyimiz, ishxonamiz, farzandlarimiz o‘qiydigan
maktabdagi xavflarni aniqlab, ularni kamaytirishga harakat
qilishimiz lozim. Uy, ishxona, ko‘cha va boshqa yerda zilzila
sodir bo‘lganida o‘zingizni qanday tutishingizni, nimalar
qilishingizni avvaldan o‘ylab oling. Bu saboq sizga favqulodda
vaziyatlar paytida juda qo‘l keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |