Is gazi bilan zaharlanish belgilari va alomatlari
Bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi.
Nafas chalg‘ishi.
Teri olcha rangini kasb etishi.
Is gazining uzoq vaqt va bevosita ta’siri o‘limga olib
kelishi mumkin.
Is gazi bilan zaharlanganda birinchi yordam ko‘rsatish
Birinchi yordam ko‘rsatish tamoyillariga amal qiling.
Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini zudlik bilan
chaqiring.
Jabrlanuvchini zaharlanish zonasidan toza havoga olib
chiqing.
Qutqaruvchilarning o‘zlari is gazi ta’sirida keragidan ortiq
vaqt bo‘lmasliklari lozim. Qutqaruvchi hodisa sodir bo‘lgan
joyni xavfli, deb hisoblasa, avariya xizmatini chaqirishi lozim.
Zaharlanish manbayini iloji boricha bartaraf qilish (masalan,
avtomobil dvigatelini o‘chirish) lozim.
Hayvonlar
Uy hayvoni yoki yovvoyi hayvon tishlasa, infeksiya tushishi
mumkin. Eng xavflisi – quturish. Quturish virusi zararlangan
hayvonning, masalan, tulki, ko‘rshapalak, yenot, mushuk, it va
qishloq xo‘jalik hayvonlarining so‘lagi orqali o‘tadi. Quturgan
hayvonlar o‘zini g‘alati tutadi. So‘lagi ko‘p oqishi mumkin,
qisman falajlangandek ko‘rinadi, asabiylashgan, agressiv yoki
g‘ayriodatiy darajada tinch ko‘rinadi.
189
Quturishni davolanmasa, kasallik o‘limga olib kelishi
mumkin. Noma’lum hayvon tishlagan odamni zudlik bilan shifokor
ko‘rishi kerak. Jabrlanuvchiga vaqtsina yuborilsa, kasallik
avj olishini bartaraf qilish mumkin.
Zamonaviy vaqtsinalar ishlatilsa, inyeksiya soni kamayishi
mumkin, ularning qo‘llanilishi tufayli yuzaga keladigan nojo‘ya
ta’siri ham ilgaridek jiddiy bo‘lmaydi.
Agar odamni hayvon tishlagan bo‘lsa:
• jabrlanuvchini nariga, xavfsizroq joyga olib boring.
Hayvonni tutishga urinmang;
• jarohat katta bo‘lmasa, uni yuving;
• so‘ng qonni to‘xtatib, bog‘lam qo‘ying. Infeksiya belgilari
va alomatlarini kuzating. Jarohatdan qon qattiq oqayotgan
bo‘lsa, birinchi navbatda qonni to‘xtating. Jarohatni
tozalamang. Jarohat kasalxonada yuviladi.
Odamlarni odamlar ham tishlashi mumkin bo‘lsa-da, ko‘-
pincha hayvon tishlaydi (qopadi). Inson og‘zida ko‘plab xilmaxil
mikroorganizmlar bo‘lib, ular jarohatlangan teri orqali
tushsa, infeksiya keltirib chiqarishi mumkin. Hatto go‘dakning
o‘ynab tishlashi ham jiddiy infeksiya keltirib chiqarishi mumkin.
Bunda ham hayvon tishlagandagi kabi birinchi yordam
ko‘rsatiladi.
Ilonlar
Ilonlar faqat ularni bezovta qilinsagina chaqadi. Zaharsiz
ilonlar chaqqanda yordam oddiy jarohatga yordam ko‘rsatilgani
kabi beriladi.
Ilon, odatda, harakatlanayotgan obyektga hujum qiladi. Ilon
hujum qilganda uning uzunligining uchdan ikki qismi oldinda
va uchdan bir qismi balandda bo‘ladi. Siz ilonni ko‘rib
qoldingiz-u, u sizga yeta olmaydigan masofada bo‘lsangiz, asta
orqaga, xavfsiz joyga qayting.
Suvda ilonning hujum qilish masofasi kichikroq bo‘ladi,
lekin ilon yaxshi suza oladi. Ilon suvda chaqqanda ham,
quruqlikda chaqqandagidek xavfli bo‘ladi. Ilon eshitmaydi,
biroq vibratsiyada ogoh bo‘lib turadi. Binobarin, agar siz ilon
yetib oladigan masofada bo‘lsangiz, qattiq ovoz chiqarmang.
190
Ilon chaqqanda qanday ilon chaqqanini aniqlash juda
muhim, chunki zaharsiz ilon chaqqanida va zaharli ilon
chaqqanda ko‘rsatiladigan yordam bir-biridan farq qiladi. Biroq
qanday ilon chaqqanini aniqlaguncha zaharli ilon chaqqandagidek
yordam ko‘rsatiladi. Bunday holatda ekspert bilan
maslahatlashish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |