Atrof-muhim va taraqqiyot bo‘yicha Rio deklaratsiyasi davlatlarning
mazkur muammolarga taalluqli bo‘lgan huquq va
burchlarini belgilagan holda «Kun tartibida XXI asrga tashrif»
ni qo‘llab quvvatlaydi.
Deklaratsiyaning ayrim tamoyillariga ko‘ra:
* Barqaror taraqqiyot tashvishlari odamlar zimmasiga
tushadi. Insonlar tabiat bilan uyg‘un holda sog‘lom va farovon
hayot kechirishga haqlidir.
* Jiddiy yoki o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan zarar yetkazish
xavfi tug‘ilganda atrof-muhit tanazzulini bartaraf etish ilmiy
noaniqlik tufayli to‘xtab qolmasligi kerak.
152
* Davlat shaxsiy resurslarini ekspluatatsiya qilishda suveren
huquqqa ega, ammo bunda boshqa davlat atrof-muhitga zarar
yetkazmasligi kerak.
* Qashshoqlikka barham berish va dunyo miqyosida yashash
tarzlaridagi keskin farqni kamaytirish barqaror taraqqiyot uchun
«zaruriydir».
* Barqaror taraqqiyotga erishishda xotin-qizlarning mutlaq
teng huquqli ishtiroki zarur.
* Sanoati rivojlangan mamlkatlar barqaror taraqqiyot uchun
xalqaro kurashga global atrof-muhitga o‘zlarining jamiyatlari
ko‘rsatayotgan bosim nuqtayi nazaridan, shuningdek, qo‘l
ostilaridagi texnologiyalar va moliyaviy resurslar uchun o‘z
mas’uliyatlarini tan oladilar.
Huquqiy nuqtayi nazardan bevosita majburiyat yuklamaydigan
O‘rmonlardan oqilona foydalanish bo‘yicha bayonot –
o‘rmonlarga taalluqli birinchi global yagona munosabat ifodasi
bo‘lib qoldi.
Uning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
- Barcha mamlakatlar, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar
o‘rmonlarni tiklash va o‘rmon boyliklarini muhofaza qilish yo‘li
bilan «dunyoni ko‘kalamzorlashtirish» borasidagi sa’yharakatlarini
kuchaytirishi lozim.
- Davlatlar o‘zlarining barqaror taraqqiyot milliy yo‘nalishlari
talablarini bajarishlarida, o‘z ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlariga
mos tarzda o‘rmonlarni rivojlantirish huquqlariga egadirlar.
«Kun tartibida XXI asrga tashrif» dasturi hukumatlar
tomonidan bajarilgan taqdirda dunyoni hozirgi beqaror iqtisodiy
taraqqiyot modelidan chiqarish va bizning taqdirimizga taalluqli
bo‘lgan muhim ekologik yo‘nalishlarni yoqlaydigan va yangilaydigan
faoliyatni mo‘ljalga olishning batafsil rejalari belgilangan
bo‘lar edi. Belgilab olingan faoliyatlar doirasida atmosferani
muhofaza etish, o‘rmonlarni asrab qolish, tuproq eroziyasi va
sahroga aylanishga qarshi kurash; havo va suv ifloslanishining
oldini olish; baliq zaxiralarini kamayib ketishiga qarshi choralar
ko‘rish; zaharli chiqindilarni kamaytirish masalasini hal qilishga
ko‘maklashish kabilar bor. «Kun tartibida XXI asrga tashrif»
dasturi taraqqiyot yo‘lining atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatadigan
153
qashshoqlik va rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi qarzlari,
ishlab chiqarish va iste’molning beqaror modeli, demografik
bo‘hron va xalqaro iqtisodiyot tuzilmalari kabi muammolarni
ko‘tarmoqda. Shuningdek, harakat dasturi barqaror taraqqiyotga
erishishda quyidagi asosiy guruhlar – xotin-qizlar, kasaba
uyushmalari, fermerlar, bolalar va yoshlar, tub xalqlar, ilmiy
hamjamiyatlar, mahalliy hukumatlar, ishbilarmon guruhlar,
sanoat tuzilmalari va nodavlat tashkilotlari rolini kuchaytirish
yo‘llarini tavsiya etadi.
Mamlakatimiz Prezidenti I. Karimovning «O‘zbekiston
buyuk kelajak sari» asarida ekologik xavfsizlikni kuchaytirishning
hozirgi asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tilgan. Unda
xususan, quyidagilar ta’kidlanadi:
1. Tegishli texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish.
Qishloq, o‘rmon va boshqa xo‘jalik tarmoqlaridagi tabiiy
jarayonlarning keskin buzilishiga olib keladigan barcha zaharli
kimyoviy moddalarni qo‘llash ustidan qattiq nazorat o‘rnatish.
Havo va suv muhitini insonning hayot faoliyati uchun zararli
yoki salbiy ta’sir etadigan moddalar bilan ifloslantirishni
to‘xtatish.
2. Qayta tiklanmaydigan zaxiralarni qat’iy mezon asosida
iste’mol qilgan holda tabiiy zaxiralarning hamma turlaridan
oqilona foydalanish.
3. Katta-katta hududlarda tabiiy sharoitlarni tabiiy zaxiralardan
samarali va kompleks foydalanishlarni ta’minlaydigan
darajada aniq maqsadga qaratilgan, ilmiy asoslanilgan tarzda
o‘zgartirish (daryolar oqimini tartibga solish hamda suvlarni bir
havzadan ikkinchisiga tashlash, yerning namini qochirish, suv
chiqarish tadbirlarini va boshqalarni amalga oshirish) lozim.
4. Jonli tabiatning butun tabiiy genofondini madaniy ekinlar
va hayvonlarning yangi turlarini ko‘paytirish hisobiga
boshlang‘ich baza sifatida saqlab qolish kerak.
5. Shaharsozlik va tumanlarni rejalashtirishning ilmiy asoslanilgan,
hozirgi zamon urbanizatsiyasining barcha salbiy oqibatlarini
bartaraf etadigan tizimni joriy etish yo‘li bilan shaharlarda
va boshqa aholi punktlarida aholining yashashi uchun qulay
sharoit yaratish zarur.
154
6. Ekologik kulfatlar chegara bilmasligini nazarda tutgan
holda jahon jamoatchiligi e’tiborini mintaqaning ekologik
muammolariga qaratish lozim.
Ushbulardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki,
mamlakatimzda o‘tgan yillar davomida juda katta ishlar amalga
oshirib kelinmoqda. Jumladan, atrof-muhitni asrab-avaylashga
oid o‘ziga xos huquqiy baza yaratilishini o‘zi bundan dalolat
beradi.
Mustaqillik yillarida respublikada atrof-muhitni muhofaza
qilish va tabiiy resurslardan foydalanish masalalarini boshqarib
turadigan qariyb 30 ta qonun va 350 dan ortiq me’yoriy –
huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |