53
ko‘p jihatlardan o‘xshash bo‘lishi ham tabiiydir, shunga qaramasdan eski o‘zbek
tili, xususan, Alisher Navoiy nasriy asarlari sintaktik qurilishining bir bosh bo‘lakli
gaplar misolida o‘ziga xos xususiyatlarini kuzatish mumkin. Bular havola bo‘lakli
gaplarning qo‘shma gap shakliga ega bo‘lishi, ularning shakliy va mazmuniy
xususiyatlarida ko‘zga tashlanadi.
3.
Har
bir hodisani, shu jumladan, o‘zbek tili sintaksisini qiyosiy-tarixiy
planda o‘rganishda an’anaviy tilshunoslik yutuqlarini e’tiborga olish tarixiy
grammatikaning zaruriy shartidir.
4.
Ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida shakl va mazmun birligi qonuniyati
amal qiladi. Bu qonuniyat
tilshunoslikka ham taalluqli, ya’ni shaklini mazmundan,
mazmunni shakldan ayricha qilish mumkin emas. Ishda ta’kidlanganidek
gaplarning shakliy tuzilishi ubzoq yillardan buyon chuqur tadqiq qilingan.
O‘rganilayotgan asarlar tilini tadqiq qilish shuni ko‘rsatadiki, kelgusida havola
bo‘lakli gaplar semantik planda jiddiy o‘rganilishi lozim.
5.
Havola bo‘lakli gaplarning shakliy va mazmuniy paradigmasi X -XVI va
hozirgi o‘zbek tili o‘rtasida farqlanish kamligini ko‘rsatadi. Ularni hozirgi o‘zbek
tilidagi kabi bir va ikki havola bo‘lakli kabi turlarga ajratish muvofiq.
6.
Havola bo‘lakli gaplarning shakllanishida deyksiz belgilar –
olmoshlarning o‘rni muhim sanaladi. Ya’ni o‘zbek tilidagi olmosh va boshqa
nisbiy so‘zlar ana shunday deyksiz belgilar bo‘lib, ular qo‘shma
gaplarda havola
bo‘laklar sifatida ishtirok etishi mumkin. Buning mohiyati shundan iboratki, ular
mazmuni – voqea, belgi narsalarni bevosita ifodalamaydi, balki ularga ishora,
havola qiladi, shunga ko‘ra ularning mazmuni kuchsiz, bo‘sh so‘zlar
sifatida
qarash o‘rinli.
7.
Bir havola bo‘lakli gaplarning kesimi ot kesimi funksiyasida son, olmosh
kabi so‘zlarning kelishi, ikki havola bo‘lakli gaplarning kesimi funksiyasida ot-
kesim va fe’l kesimlarning –sa shart maylida qo‘llanishi Yusuf Xos Hojib,
Nosiruddin Rabg’uziy va Alisher Navoiy asarlari tilining farqlanmasligini qayd
etish zarur.
54
8.
Havola bo‘lakli qo‘shma gaplarning semantik
munosabatlarini, ya’ni
mazmuniy aloqadorligini belgilashda oppozitiv vositalarning o‘rni muhimdir.
Bunday oppozitiv vositalar sifatida leksik vositalar alohida o‘rin tutadi.
9.
Yuqoridagi adiblarning nasriy asarlaridagi havola bo‘lakli qo‘shma gaplar
tahlili shuni ko‘rsatadiki, qaysi tip qo‘shma gaplarda bo‘lmasin, bog‘lovchilarning
qo‘llanishini qayta ko‘rib chiqish lozimligini kun tartibiga qo‘yadi.
10.
Alisher Navoiy nasriy asarlaridagi havola bo‘lakli gaplarning
qo‘llanilishi uning o‘ziga xosligi masalasi XV- XVI va undan keyingi davrlar tilida
o‘zbek adabiy tilining normasini ham aks ettiradi.