35
Shunisi muhimki, do‘stlarimiz g’alaba qildi; Musobaqada kim g’olib chiqsa, o‘sha
mukofotlanadi
25
.
Aytib o‘tilganiday havola bo‘lak vazifasida olmosh yoki tabiatan
olmoshlarga yaqin so‘zlar keladi. Ayni turdagi qo‘shma gaplarda havola bo‘lak
eganing o‘rnida bo‘ladi. Aytilgan ikki ergash gapli qo‘shma gap ko‘rinishlaridan
oldin birinchisini tahlil qilaylik. Birinchi qo‘shma gapda bosh gap
(shunisi
muhimki),
ergash gap
(do‘stlarimiz g’alaba qildi)
dan oldin kelgan. Bosh
gapdagi ega o‘rnidagi havola bo‘lak
shu
ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan.
Mazmuniy
jihatdan olib qaralsa, qo‘shma gapda faqat bir denotativ voqea
ifodalangan. Tabiiyki, qo‘shma gap ikki (yoki undan ortiq) voqea ifodasi uchun
xoslangan shakl, demak, mazkur qo‘shma gapda ikki voqea ifodalanishi kerak.
Gapda,
haqiqatan ham, ikkinchi “voqea” ham bor, lekin tasavvur etilayotgan bu
ikkinchi “voqea” denotativ voqea emas, balki modus “voqea” dir. Bu modus
“voqea” alohida, ya’ni bosh gap orqali ifodalangan. Mazkur qo‘shma
gapda bosh
gap asosiy voqeani emas, balki modusni ifodalagani uchun mazmuiy – funksional
nomuvofiqlik, ikki denotativ voqea emas, balki bir denotativ
voqea ifodalanganligi
uchun esa mazmuniy sintaktik nomuvofiqlik yuzaga kelgan. Ko‘rinib turibdiki,
qo‘shma gap qismlari o‘rtasidagi munosabat mazmunan modus va denotativ voqea
o‘rtasidagi munosabat. Ayni chog’da modus ifodalangan bosh gapdagi ega havola
bo‘lak bo‘lib, u mazmunan bo‘sh, ya’ni denotativ voqea ifodachisi bo‘lgan
ergash
gapga ishora qilish barobarida mazmunga ega bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, u
bosh gapdagi predikatning mazmuniy valentligiga muvofiq qo‘llanishi lozim
bo‘lgan nominativ voqeadan iborat subyektning o‘rinbosaridir, zero, ko‘rsatish
olmoshlari aniq predmetni ham, har qanday voqeani ham ko‘rsatishi,
ularga ishora
qilaverishi mumkin.
Ergash gapli qo‘shma gaplarning bir havola bo‘lakli turida mazmuniy
bog’lanish juda zich, bu bog’lanishni ta’minlovchi shakily vosita
–ki
uzvidir,
lekin
havola bo‘lakning bundagi muayyan ishtirokini ham ta’kidlamoq lozim, chunki
ayni qo‘shma gap qismlari orasidagi bog’lanishning sintaktik mexanizmida bu
bo‘lak asosiy o‘rin tutadi. Bu fikrni havola bo‘lak tushirib qolgan holatlar uchun
25
Nurmonov A., Mahmudov N. O’zbek tilining nazariy grammatikasi. Toshkent, O’qituvchi, 1995, 166-bet
36
ham aytish mumkin, chunki ega vazifasidagi bu bo‘lak qo‘llanmaganda ham,
predikatning subyekt valentligiga ko‘ra eganing sintaktik o‘rni (bo‘sh bo‘lsa ham)
bilinib turadi. Nihoyat, shuni ta’kidlamoq lozimki, ega ergash gapli qo‘shma
gaplarning bir havola bo‘lakli ko‘rinishida bosh
gap ergash gapdan ajratib
olinganda, ma’noga ega bo‘la olmaydi, chunki uning tarkibida aniq ma’noga ega
bo‘lmagan havola bo‘lak bor. Lekin ulardagi ergash gap bosh gapdan ajratib
olinganda ham ma’noga ega, boshqacha qilib aytganda, unda denotativ voqea
ifodalangan, bosh gapda esa modus ifodalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: