16
usullari va ergash gap tiplari”, deb nomlangan bo‘lib, uning birinchi bobi ergashish
usullari va shakllarini tadqiq etishga bag’ishlangan
15
, keyingi uch bobda ham
ergashgan qo‘shma gap uzvlarining bog’lanishida ishtirok etuvchi lisoniy vositalar
tahlili asosiy o‘rinda turadi. Hatto ergash gaplarning mazmuniy-sintaktik tiplari
haqida gap ketganda ham, mazmuniyat bilan bog’liq
qisqa izohlardan keyin, yana
baribir bog’lovchi vositalar, qo‘shma gap uzvlarining o‘rinlashuvi kabi
masalalarga ko‘proq e’tibor qilingan. G’. Abdurahmonov tadqiqotlarida ham
qo‘shma gaplarga ana shunday yondashuvni ko‘rish mumkin.
Har qanday til birligi kabi gap ham, xususan, qo‘shma gap ham ikki
tomonlama birlikdir, ya’ni ifoda tomoni va mazmun tomoniga ega. Uzoq vaqtlar
mobaynida qo‘shma gapning asosan ifoda
va qisman mazmun tomonlari
o‘rganildi. Keyingi yillarda tilshunoslikda gapning mazmun tomoniga,
“semantika” deb yuritiladigan jihatga e’tibor kuchaydi, mazmuniy (semantik)
sintaksis, degan yo‘nalish yuzaga keldi. A. Berdialiyevning tadqiqotlari ana shu
yo‘nalishdagi o‘zbek tilshunosligidagi dastlabki ishlardandir. Uning doktorlik
dissertatsiyasida ergash gapli qo‘shma gaplardagi paradigmatik va sintagmatik
xususiyatlar chuqur tadqiq etilgan. Ergashgan qo‘shma
gaplarning mazmuniy-
signifikativ xususiyatlari, ulardagi sintaktik omonimiya, polisemiya, ko‘p
funksionallik kabi bir qator muhim masalalar ishonarli tarzda hal qilingan.
Shubhasiz, bu ish o‘zbek tilshunosligidagi qo‘shma gap nazariyasiga qo‘shilgan
muhim xissadir. Lekin ishning kirish qismida alohida ta’kidlanganiday,
tadqiqotdagi asosiy metod tarkibiy-mazmuniy (mazmuniy-tarkibiy emas) bo‘lib, u
“shakldan mazmunga” qabilidagi tahlilga asoslangan
16
.
Havola bo‘lak deganda umumiy tilshunoslikdagi “deyksis belgilar”
tushuniladi. Deyksis belgilarning mohiyati shundan iboratki,
ular mazmunni,
voqea, belgi, narsalarni bevosita ifodalamaydi, balki ularga ishora, havola qiladi,
shunga ko‘ra ularni mazmunan kuchsiz, bo‘sh so‘zlar sifatida qarash mumkin.
8 Abdurahmonov G’.A “Qo’shma gap sintaksisi asoslari” Toshkent: O’zFA nashriyoti, 1958. Asqarova M.A.
Hozirgi zamon o’zbek tilida qo’shma gaplar. Toshkent: O’zFA nashriyoti, 1960
16
Berdialiyev A. Ergash gapli qo’shma gap konstruksiyalarda semantic-signifikativ paradigmatika. Toshkent, 1989
17
O‘zbek tilidagi olmosh va boshqa nisbiy so‘zlar ana shunday deyksis belgilar
bo‘lib, ular qo‘shma gaplarda havola bo‘laklar sifatida ishtirok etishi mumkin.
Havola bo‘lakning mavjud yoki mavjud emasligi bilan bog’liq
holatda bosh
gap ham, ergash gap ham muayyan mazmuniy va sintaktik xususiyatlar bilan
xarakterlanadi. Quyidagi gaplarni qiyoslaylik: Tolib aka shuni bilib qo‘ysinki,
Akrom Saidning ham ocherki jurnalda chiqmaydi (F. Musajonov). Onasi kiyinib
chiqquncha, ota-bola toychoqni yaltiratib artib qo‘yishardi (A. Ko‘chimov).
Birinchi gapning bosh qismida
Do'stlaringiz bilan baham: