Havodagi harakatni boshqarish


Aerodromni ko'rish (vizual kuzatuv) monitori



Download 3,28 Mb.
bet6/9
Sana18.09.2022
Hajmi3,28 Mb.
#849242
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-маъруза сиртқи

Aerodromni ko'rish (vizual kuzatuv) monitori. Dispetcher aerodromni maxsus monitor (8.7-rasm) yordamida vizual kuzatib boradi. Monitorning o'rta qismida uchish-qo'nish yo'laglari ko'rsatilgan (raqam 1 bilan belgilangan). Ulardan biri uchib ketish, ikkinchisi esa qo'nish uchun xizmat qiladi. Ekranda reys raqami, yo'laGdagi tezlik, havo kemasi turi va uni uchib chiqqan aerodromining aviasiya kodi keltiriladi. Monitorning tepa qismida Uqyning yuqoridagisi ko'rsatilgan (raqam 2 bilan belgilangan), unda havo kemasini ayni vaqtda qo'nganiligi aks etilgan. Ekranda reys nomeri keltirilgan (DLX2994 - Lufthansa № 2994) hamda havo kemaning rusumi va uchib chiqqan aerodromning aviasiya kodi (EDDT – Tegel, Berlin. Izoh: "Tegel” aeroporti 2021 yilda batomom yopilgan. Uning joyi o'quv m
askaniga berilgan). Raqam 3 bilan ma'lumot o'zgarish joyi b elgilangan. Agar havo kemasi uchib havoga ko'tarilgan bo'lsa, shu joyda uning tezligini o'rniga parvoz balandligi ko'rsatiladi. 4 raqami bilan uchib chiqib ketayotgan havo kemalarini boshqa rangda ko'rsatilishi bildirilgan. Bunday chora favqulodda vaziyatda ularni ajratishni osonlashtirish uchun iabul etilgan.
Aviasiya dispetcheri xizmat ko'rsatishi vaqtida radio aloqadan foydalanadi. Havo kemasi ekipaji bilan aloqaga chiqish uchun dispetcher radio aloqa pultidagi (8.8-rasm ) 1 tugmani bosadi va kerakli reysining raqamini aytib havo kemaning ekipajiga ko'zda tutilgan ma'lumot yoki ko'rsatma beradi. 
Boshqaruv xonasining barcha tizimlari, shu jumladan radioaloqa tizimi bir necha marta buzilishdan himoyalangan, buning uchun zaxira radiochastotalari, radio uzatgichlar va quvvat manbalari mavjud. Ushbu ma'lumotning texnik echimi pultda 2 raqam bilan ko'rsatilgan.
Vaziyatni baholash uchun aerodrom dispetcheri 120 km gacha radiusda havo harakatini boshqarayotgan hamkasblarning suhbatlarini yoki aerodrom perronida va rullash yo'llari bo'ylab bajarilayotgan harakatlar to'g'risidagi gaplardan habardor bo'lishi (radio efirni eshitish) uchun 3 tugmani bosadi va tinglaydi. Bu operasiya xavfsizlikni ta'minlashda katta axamiyatga ega.
ATIS (automatic terminal information service - aerodrom hududida ma'lumotlarni avtomatik uzatish) radio efiri - har yarim soatda meteorologik va ornitologik sharoitlar to'g'risidagi ma'lumotlarni to'playdigan, qayta ishlaydigan va uzatadigan avtomatik terminalli axborot tizimi. Ushbu tizimdan ma'lumot olish uchun 4 tugma bosiladi.
Ob-xavo to'g'risida haqiqiy ma'lumotni olish uchun maxsus monitordan foydalinadi. 8.9-rasmda raqamlar orqali ma'lumotlar turlari ko'rsatilgan.1-raqam. Gorizontal bo'yicha ko'rish uzoqligi UQY boshida, o'rtasida va oxirida o'lchanadi. Ko'rinish 2 km dan kam bo'lsa, dispetcher signal chiroqlarini yoqadi.
2-raqam. Shamolning esish burchagi va tezligi. Dispetcher uchish va qo'nish uchun yo'lagning yo'nalishini havo kemasi ro'parsiga shamol esadigan holatiga qo'ra tanlaydi.
3-raqam. Ob-havo hodisalarining qisqartirilgan belgilanishi. SHowery SNow — kuchli qor. Kuchli qor paytida ko'rinish 600 m dan kam bo'lsa parvozni davom ettirish maqsadga muvofiq emas.
4
-raqam. UQY yuzasi bilan g'ildiraklarning ishqalanish koeffisienti. Uning qiymati 040 (0,4) bo'lsa yo'lagning yuzasi qor sababli sirpanchiqdir. Maksimum 0,7. Agar koeffisient 0,3 bo'lsa ekipajga qo'nish uchun tavsiya berilmaydi.

5-raqam. Pastki chegarasi ko'rsatilgan bulut qoplamining turi.
6-raqam. Havo harorati, shudring nuqtasi (havodagi bug'ning to'yinishi natijasida uni shudiringa aylanish harorati) va nisbiy namlik. Ushbu parametrlarga ko'ra, dispetcher va uchuvchi tumanni shakllanishini va havo kemaning detallarida kondensat hosil bo'lish imkoniyatini baholashi mumkin.
7-raqam. Aerodrom sathidagi atmosfera bosimi. Parvoz balandligi havo kemasi va aerodrom sathidagi bosimlar farqi bilan aniqlanadi.
8-raqam. Ikki soatlik ob-havo ma'lumoti. NOSIG (NO SIGnificant change) - ob-havo o'zgarishi kutilmaydi.
A
erodromning havo holatidan habardor bo'lish uchun dispetcher maxsus monitordan foydalanadi (8.10-rasm). Raqam 1 bilan aerodrom yuzasi belgilangan. Raqam 17 bilan aerodromga qo'nish uchun kirish traektoriyasi ko'rsatilgan. 18 raqam bilan qo'nishga kirayotgan havo kemasi aks etilgan. Ushbu joyda birinchi qatorda havo kemaning reys raqami, ikkinchi qatorda – balandligi (10 metrga karra), uchunchi qatorda – tezlik, to'rtinchi qatorda qo'nadigan aerodromi. 19 raqam bilan havo kemaning qo'nish glissadasiga (frantsuz glissade so'zi –sirg'anmoq) kirish nuqtasi ko'rsatildgan. Bu nuqtadan havo kema Uqyga qo'nish uchun qulay traektoriya bo'yicha pasaya boshlaydi. 20 raqami bilan radionavigasiya nuqtasi ko'rsatilgan. Kerakli jihozlar ishdan chiqqan hollarda havo kemasi ushbu nuqta bo'yicha pelengasiya bajarib mo'ljalni to'g'ri olishga erishadi.

Raqam 21 bilan ko'rsatilgan qizil belgili havo kemalar xavfli yaqinlashishni ogahlantruvchi tizimi ishga tushganligini bildiradi. Shunday vaziyatda dispetcher zudlik ravishda navbati bilan havo kemalarga bir birlaridan uzoqlashishga yoki parvoz balandligini o'zgartirishga ko'rsatma beradi.


Raqam 22 orqali aniqlanmagan va nazorat qilinmaydigan uchadigan ob'ekt belgilangan. Bu ko'pincha qushlar to'dasiga ishora bo'ladi. Bunday ob'ekt monitorda turg'un ko'rinsa aviasiya dispetcheri uning aniq koordinatalarini ekipajga etkazadi.
1
24

25

20 km radiusli havo hududida
parvoz qilayotgan kichik o'lchamli havo kemalarning holatini Vizul kuzatish uchun Maxsus monitor ishlatilishi mumkin (8.11-rasm). Kichik havo kemalari 200 m gacha balandlikda uchadi, shu tufayli uchun ularning hammasini radar yordamida aniqlashga erishilmaydi.


Download 3,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish