1.
Toshkent shahrida harorat yozda +32°C, qishda esa -9°C bo'lsa, havo
haroratining yillik amplitudasini aniqlang.
2. Dengiz sathidan 273 metr yuqorida joylashgan tog' etagida harorat
+39°C, cho'qqisida esa +12°C ga teng bo'lsa, tog'ning nisbiy va mutlaq
balandliklarini aniqlang.
3. Buxoro shahrida yil davomidagi oylik o'ltacha haroratlar quy idagicha
ekanligi aniqlandi:
Yanvar +4°C
Iyul +31°C
Fevral +6°C
Avgust +28°C
Mart +8°C
Sentabr +23°C
Aprel +12°C
Oktabr +18°C
May +21°C
Noyabr + 12°C
Iyun +28°C
Dekabr +5°C
Ushbu ma’lumotlardan foydalanib, havoning yillik o'rtacha haroratini
aniqlang.
4. Agar yer yuzasida havo harorati +29°C ga teng bo'lsa, 5 kilometr
balandlikdagi havo haroratini aniqlang.
5. Agar uchib ketayotgan samolyotning tashqarisidagi havo harorati +3°C,
xuddi shu paytda yer yuzasidagi harorat +27°C bo'lsa, samolyot qancha
balandlikka ko'tarilgan bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |