3.Hasharotlar ekologiyasi.
Hasharotlar tevaragimizdagi tabiatning bir qismi bo’lgani holda u bilan o’zaro mustahkam bog’lanib turadi. Organizmning tashqi muhit bilan o’zaro bog’lanishini ekologiya fani o’rganadi («ekos» so’zi grekchasiga muhit, «logos» - fan demakdir).
Hasharotlar biosenoz tarkibiga, ya’ni biror chegaralan-gan maydonda yashovchi tirik o’simlik va hayvon organizmlari kompleksiga kiradi. Biosenozdagi organizmlar o’zaro mus-tahkam bog’langan holda, bir-biriga katta ti’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, hasharotlar jonsiz (abiotik) tabiat ta’sirida bo’ladi. Hasharotlar hayotiga odam ham ta’sir qiladi (antropogen omili). Biosenoz – o’simlik va hayvonlar kompleksi yashaydigan ozmi-ko’pmi bir xil tuproq va iqlim sharoitiga ega bo’lgan maydonning har qaysi biotopi uchun xosdir. Ekin ekilgan dala, bedapoya, olmazor, o’tloq va hokazolar biotop hisoblanadi.
Hasharotlarga harorat, namlik va yorug’lik jiddiy ta’sir etadi. Hasharotlarning tana harorati tevarak muhit haroratiga qarab doim o’zgarib turadi. Ko’pchilik hasharotlar harorat 100 dan 400 gacha bo’lganida faollashadi, ammo haro-rat 20-300 yetganida ularning hayot faoliyati juda kuchayadi. Harorat yo ko’tarilib, yo pasayganida hasharotlarning faolli-gi va u bilan hayotiy jarayonlar susayadi. Har qaysi tur uchun haroratning cheklangan pastki va yuqori ko’rsatkichlari bo’lib, uning pastkisidan pastida yoki yuqorisidan yuqorida hasharotlar rivojlanmaydi.
4.Hasharotlar sistematikasi.
Hasharotlar (Insecta) bo’g’imoyoqli hayvonlar tipiga (Arthropoda) kiruvchi sinflarning birini tashkil qiladi. Qolgan sinflardan asosiylari quyidagilardir: ko’poyoqli-lar (Myriapoda), qisqich baqa-simonlar (Crustacea) va o’rgimchaksimonlar (Arachnida). Hasharotlarni klassifika-siyalashda ularning morfologik va biologik xususiyatlari, chunonchi: hayot kechirish jarayonlari, og’iz apparatining tuzilishi, qanot va oyoqlarining tuzilishi, hamda boshqa belgilari asos qilib olinadi. Hasharotlar ikkita kenja sinfga: oddiy yoki qanotsizlar hamda yuqori tuzilishga ega bo’lgan yoki qanotlilarga bo’linadi. Birinchi kenja sinf birlamchi qanotsiz hasharotlarning hammasini o’z ichiga oladi, ikkinchi kenja sinfda esa garchi qanotsiz shakllari uchrasa hamki, bu ikkinchi marta yuz bergan hodisa hisobla-nadi. Oddiy hasharotlar kenja sinfiga to’rtta turkum; yuqori tuzilishga ega bo’lgan kenja sinfiga esa 27 ta turkum kiradi. Turkumlarning har qaysisi o’z navbatida ko’plab oilalar va avlodlarga bo’linadi. Qishloq xo’jaligi agrobio-senozida amaliy ahamiyat kasb etadigan ba’zi turkumlarni ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |