Haroratni o’lchash usullari, asboblari va ularning sxemalarining tavsiflari



Download 1,03 Mb.
bet3/12
Sana20.02.2022
Hajmi1,03 Mb.
#461229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-qism (2)

Kompensatsiyalash qurilmasi
Kompensatsiyalash qurilmasi TEO‘ erkin uchlarini haroratini o‘zgarishini ikkilamchi asbobning ko‘rsatishi yoki me'yorlashtiruvchi o‘zgartirgichning chiqish signaliga ta'sirini avtomatik tarzda kompensatsiyalash uchun mo‘ljallangan. Qurilmaning asosiy sxemasi o‘zgarmas kuchlanish (tokning turi bo‘yicha) manbaiga ulangan to‘rt yelkali muvozanatlashgan ko‘prik hisoblanadi.

Ko‘prik kompensatorining soddalashtirilgan sxemasi (a) va ning grafik bog‘liqligi.

Ko‘prik uchta doimiy R1, R2, R3 qarshiliklardan tashkil topgan. To‘rtinchi Rt rezistor mis yoki platina simdan tayyorlangan bo‘lib, uning qarshiligi harorat ortishi bilan oshib boradi. Ushbu rezistor doimo erkin uchlar haroratiga ega bo‘lishi kerak, chunki termoo‘zgartirgich, masalan XA termopara kompensatorga TE1 va TE2 uzaytirish simlari orqali ulanadi (agar termoo‘zgartirgich uzun bo‘lsa, u kompensatsiyalash qurilmasi KQ ga bevosita ulanadi). Ko‘prik sxemasi faqat bitta uzatish simiga ulanad (6.5, a – rasmda a va b tugunlar orasi, ikkinchi a'–b' tugunlar ulagich orqali ulanadi). Kompensator va o‘lchash asbobi o‘ratsida bir xil uzatish simlaridan foydalaniladi. Ko‘prik sxemasining ta'minot manbai manba bloki (MB) hisobidan amalga oshiriladi. 6.5, a – rasmda o‘lchash asbobining quyi o‘lchash chegarasi 0°S bo‘lgan hol uchun kompensatorning sodda varianti keltirilgan.


Kompensatsiyalashning mohiyati shundan iboratki, ko‘prik sxemaning a va b nuqtalari orasida son jihatdan E(t0, 0) EYuK ga teng bo‘lgan Uab kuchlanish ishlab chiqilishi kerak bo‘lib, t0 > 0 bo‘lganda: Uab = E(t0, 0), soddalashtirilgan shart bo‘yicha qaraladigan bo‘lsa, ko‘prik t0 - 0 °S da muvozanatlashishi kerak. Ushbu kuchlanish termopara EYuK i bilan algebraik qo‘shilishi kerak, chunki O‘A ning kirishiga yig‘indi kuchlanish Ukir beriladi:

Kompensatorga bo‘lgan talab aniq: Uab kuchlanish t0 o‘zgarganda o‘zgarishi kerak, chunki ixtiyoriy t0 da Uab = E(t0, 0) shart bajarilishi kerak.
Ko‘prikli kompensatordan tashkil topgan sxemani tahlil qilishda termoEYuK va Uab kompenslovchi kuchlanishni qutblanishga tekshirish muhim hisoblanadi. Bunda quyidagi ifodadan foydalanish maqsadga muvofiqdir:

Quyidagilarni esda saqlash lozim:
to‘g‘ri ishlovchi kompensatorda ixtiyoriy t0 uchun Uab va E(t0, 0) teng bo‘ladi;
to‘g‘ri yig‘ilgan sxemada asbobning Ukir kirish kuchlanishi ye(t, 0)ga teng bo‘lishi kerak.
Ko‘prik sxema uchun manbaning ichki qarshiligi nol va yuklanishning qarshiligi cheksiz katta bo‘lganda quyidagi ifoda o‘rinli:



t0 ning qiymati nol bo‘lganda to‘g‘rilash kiritish zarur emas, ya'ni Uab nol qiymatli bo‘lishi va ko‘prik muvozanat holatida bo‘lishi kerak. Ushbu nol qiymat hosil bo‘lishi uchun ifodaning surati nolga teng bo‘lishi, ya'ni ko‘prikning muvozanat sharti bajarilishi kerak:



R1, R2, R3 lar o‘zgarmas bo‘lganda t0 ning ortishi bilan Rt oshib boradi va Uab ning qiymati o‘sib boradi.
Tuzatish kiritishdagi xatolikni ko‘rib chiqamiz. Aniq tuzatish kiritish uchun o‘lchash diapazonidagi ixtiyoriy t0 ning qiymatida Uab = E(t0, t) tenglik aniq ta'minlanishi lozim. Lekin haqiqatda ushbu shartni bajarish qiyin . Rasmda ye(t0, 0) =f(t0) bog‘liqlikning grafigi keltirilgan bo‘lib, bu bog‘liqlik mohiyatiga ko‘ra termoparaning t0 o‘lchash diapazonidagi darajalash tavsifining sohasi hisoblanadi. Shu yerning o‘zida ifoda bilan aniqlanuvchi Uab =f(t0) bog‘liqlik keltirilgan.
Egri chiziq turli shaklga ega bo‘lishi mumkin, chunki ixtiyoriy t0 uchun Uab = E(t0, 0) tenglikni ta'minlab bo‘lmaydi, demak haroratni kompensatsiyalash xatoligi yuzaga keladi. t0 haroratdagi ushbu xatolik quyidagi formula bo‘yicha hisoblanishi mumkin:

bu yerda S – ishchi uchining harorati t0 bo‘lgan termoparaning o‘zgartirish koeffitsienti.
TEO‘ ning erkin uchlari haroratiga tuzatish kiritish uchun kuchlanishni o‘lchashda potensiometrdan foydalanganda uning sxemasida mis rezistor bo‘lmasligi kerak.
Bir nechta turdagi kompensatsiyalash qurilmalari mavjud. Rostlagichli komplektda sovuq kavsharlangan nuqtalar qutisi SKQ, tor profilli millivoltmetrli komplektda KT turidagi qurilma, AES da quvvatni kompensatsiyalash qurilmasi QKQ ishlatiladi. Birlashtiruvchi qutilardan ham foydalanish mumkin. Qutilar o‘zlarida kovak metall silindrlar – ichiga TEO‘ ning uchlari kiritiladigan (uzaytiruvchi simlar ishlatilmaydi) issiqlik ekranlarini namoyon qiladi. Issiqlik ekranlari erkin uchlardagi haroratni ma'lum bir qiymatgacha stabillaydi. Ekranning ichki qismiga erkin uchlarga yaqin qilib, (0,1 ...0,2) °S xatolik bilan erkin uchlarning haroratini o‘lchash imkonini beruvchi platinali qarshilik termoo‘zgartirgichlari o‘rnatiladi. O‘zgartirgichdan signal ishlov berish uchun hisoblash qurilmasiga yuboriladi. Hozirgi vaqtgacha KS-545, KS-513M, UK82-01 rusumdagi biriktiruvchi qutilar qo‘llaniladi.
Turli tipdagi o‘zgartirgichlar, masalan XKT va XAT lar uchun foydalaniladigan kompensatorlar nimasi bilan farqlanadi? – degan savol tug‘iladi. Buning uchun XK va XA termoparlarning turli darajalash tavsiflarini baholash kerak. XK termoparaning o‘zgartirish koeffitsienti XA nikiga qaraganda katta, shuning uchun ham erkin uchlarning harorati bir xil t0 bo‘lganda XK holatdagi kompensatsiyalash ko‘prigi ikkinchisiga qaraganda ko‘proq Uab kuchlanish ishlab chiqishi kerak. Uab kuchlanishning o‘zgarishi (6.2) dan kelib chiqqan holda manba kuchlanishining o‘zgarishi hisobiga o‘zgaradi.
Kvarsli termoo‘zgartirgichlar haroratni chastotali signalga aylantirish uchun ishlatiladi. O‘zgartirgining sezgir elementi kvarsli rezanator hisoblanib, uning tebranish chastotasi uning harorati bilan aniqlanadi. O‘lchanayotgan harorat t ning chastota f bilan bog‘liqligi quyidagi ko‘rinishga ega:



bu yerda t0, f0 – harorat va chastotaning tayanch qiymatlari; k1, k2, k3 – o‘zgartirgichning darajalanishidan aniqlanuvchi o‘zgarmaslar.
Haroratning ishchi daipazonida chastota 100 dan 1 kGs gacha bo‘lgan chegaralarda o‘zgaradi. Haroratni chastotaga aylantirish o‘zgartirgichi 0...150 °S harorat diapazonida ±0,1 °S xatolikka, 200 °S gacha bo‘lgan diapazonda esa ± 0,2 °S xatolikka ega. Ushbu termoo‘zgartirgichlar bilan issiqlik hisoblagichlarning ayrim turlari bir komplekt tarkibida ishlashi mumkin.



Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish