Statistik ma‟lumotlarga ko‟ra mashg‟ulotlarning uslubi va ularni tashkil etishdagi
kamchiliklar 26.2-53.2 foizgacha jarohat holatlariga sabab bo‟lgan. Sport jarohatlari
sport o‟yinlarida, yengil atletika, gimnastika, kurash, qilichbozlik va og‟ir atletika
Mashg‟ulotlar maxsus moslashtirilgan xonalarda rahbarning kuzatuvi ostida olib
Mashg‟ulotlar davomida talabalar jismoniy xolatlari, mashqlarda chiniqqanligi, sport
Jarohatlarning yana bir sababi shug‟ullanuvchilar sonining me‟yoridan ko‟pligi bo‟lib
ular mashqlar davomida o‟zaro to‟qnashib ketishi, yiqilishi va h.k. ro‟y berishi
mumkin. Shuning uchun shug‟ullanuvchilarning soni doimo sport zallari va
7
Shug‟ullanuvchilar guruhlarining mashg‟ulot navbatining yaxshi tashkil etilmaganligi
yoki noto‟g‟ri tashkil etilganligi ko‟p hollarda jarohatlarga sabab bo‟ladi. Sport zali
yoki maydonchada boshqa guruhning mashg‟uloti davom etayotganda ikkinchi bir
guruhning ushbu zal yoki maydonchadan o‟tishga yo‟l qo‟ymaslik lozim
O‟quv mashq mashg‟ulotlari jadvallari tuzilganda mashg‟ulot va mashqlarni kech
soatlarda yoki ovqatlangandan keyin tezda o‟tkazish musobaqa kalendarida dasturlar
tig‟izligiga yo‟l qo‟yish mumkin emasligi xisobga olinishi lozim. Bu xolatlarning
barchasi shug‟ullanuvchilarning toliqishiga olib keladi. Barcha dasturiy mashg‟ulotlar
shug‟ullanuvchilarni e‟tiborli bo‟lishlari va albatta qattiq intizomli bo‟lishlari kerak.
Sport anjomlarida mustaqil va nazoratsiz mashqlar bajarishini qat‟iyan man etiladi.
Har bir mashg‟ulot oldidan rahbar guruhning toliqishi darajasini, ya‟ni oldingi o‟quv
mashg‟uloti vaqtini aniqlashga majburdir. Shuningdek, xo‟jalik va boshqa ishlar vaqti,
ovqatlangandan keyin o‟tgan vaqt xam shular jumlasidandir. Rahbar kasallik yoki
jarohatdan keyin kim dars boshlayotganini, kim o‟zini yomon his qilayotganini bilishi
lozim. Har bir sport mashg‟uloti boshlashdan oldin yengil harakatlar bilan
badantarbiya mashqlari otkazilizhi kerak, negaki bu mashqlar jarohatlarni oldini
olishning shartlaridan biridir.
Dasturiy mashg‟ulotlarni o‟tkazishda uning ketma-ketligi va uslubiyligiga qat‟iy rioya
qilish zarur. Yetarli tayyorgarlikka ega bo‟lmagan talabalarga texnik jihatdan qiyin
bo‟lgan mashqlarni bajarish ruxsat etilmaydi. Mashg‟ulot jarayonida rahbar
(murabbiy) ayrim shug‟ullanuvchilar uchun mashqlarni individual tanlashi, guruhda
kasallikdan keyin mashg‟ulot boshlab orqada qolib ketganligini hisobga olib, ularning
har biri uchun zo‟riqish miqdorini aniqlab olish kerak. Agar ma‟lum bir sport turi
bo‟yicha mashg‟ulotlar va musobaqalarni o‟tkazishda ushbu mashg‟ulot, mashqlar va
musobaqalarning mazmunini aniqlab beruvchi qoidalar, nizomlar, yo‟riqnomalar,
uslubiy korsatmalar qat‟iy bajarilsa jarohatlarning oldini olish mumkin. Shuningdek,
mashg‟ulotlar rejasi va uni o‟tkazishda aniqlikka rioya qilish, talabalarning
o‟qitishning samarali uslublarining asosiy talablari xisoblangan, mashqlar sonini asta-
8
sekin orttirib borish, harakat ko‟nikmalarini egallashda ketma- ketlikka rioya qilib,uni
qat‟iy bajarish, individual yondashuv, mashqlarni shaxsan to‟g‟ri ko‟rsatish,
shug‟ullanuvchilarning yo‟riqnomasi bilan yaqindan tanishtirish, jarohatlarga olib
keluvchi mashqlarning bajarilishi nazorat qilish nihoyatda zarur.
Rahbarlar, instruktorlar, murabbiylar o‟quv mashq darslarida zo‟riqish miqdorini
aniqlashda
talabalarni
tibbiy
tekshiruv
ma‟lumotlaridan,
shuningdek
shug‟ullanuvchilar sog‟ligi yuzasidan o‟z shaxsiy kuzatuvlari natijalaridan
foydalanishlari lozim. Ular har bir shug‟ullanuvchining sog‟ligidagi barcha
o‟zgarishlarni kuzatib borishlari, zo‟riqish yoki kundalik tartibdagi kamchiliklarni
bartaraf qilish choralarini ko‟rishlari kerak.
Gimnastika, akrobatika va boshqa sport turlari boyicha mashg‟ulotlarda jarohatlarni
oldini olishda himoya
muhim axamiyatga ega. Shuning uchun barcha
shug‟ullanuvchilarga ximoya usullarini bajarish texnikasi qoidalarini o‟rgatish,
shuningdek ularda xavsiz yiqilish qoniqmalarini xosil qilish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: