NOTA BENE !
Jinoyat huquqi instituti
– bu o‘xshash ijtimoiy munosabatlarni
tartibga soluvchi muayyan texnik qoidalarga binoan tartibga solingan
turdosh yuridik normalar majmuidir.
Masalan, jinoyat qonuni; jinoyat; jazo; qilmishning jinoiyligini istisno
qiluvchi holatlar; tamom bo‘lmagan jinoyatlar, ishtirokchilik; bir qancha
jinoyatlar sodir etish institutlari va boshqa.
Bu institutlar mazmuni va hajmi jihatidan bir-biridan farq qiladi, lekin
bir butun holda ular jinoyat huquqining yagona manbasi – Jinoyat
kodeksini tashkil qiladi.
Har bir jinoyat-huquqiy norma bir butunni tashkil qiladigan va
xarakteri jihatidan farqlanadigan JKning Umumiy va Maxsus normalari
tarkibiga kiradi.
Jinoyat kodeksi jinoyat-huquqiy normalarning ifoda qilinish shakli
hisoblanib muayyan tuzilishga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |