Zaruriy mudofaa huquqining subyekti
unga qarshi tajovuz qilingan
yoki boshqa shaxslarga, jamiyat yoki davlatga qarshi qaratilgan tajovuzga
mustaqil javob beruvchi istalgan jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin. Bunda
ushbu subyektning layoqati ahamiyatga ega emas. Shuningdek, shaxsning
lavozim va jamoat maqomi ham ahamiyatga ega bo‘lmaydi; zaruriy
mudofaa huquqi har bir insonga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi va u
ham oddiy fuqaro tomonidan, ham chet el fuqarosi, mansabdor shaxs,
jamoat arbobi va boshqalar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |