davomida bo‘lgan agressivligi; jinoyatning sharoitlari; mudofaalanuvchi
shaxsning jinsi; himoya vositalarining mavjudligi va ulardan foydalanish
turi; mudofaalanuvchining ruhiy holati va boshqalar hisobga olinishi
lozim.
Shuni hisobga olish lozimki, himoyaning javob beriladigan tajovuzga
muvofiqligi ham bitta tajovuzchiga qarshi amalga oshiriladigan, ham bir
guruh tajovuz qilayotgan shaxslarga qarshi amalga oshirilayotgan zaruriy
mudofaada mavjud bo‘lishi lozim. Ayni paytda, bir guruh shaxslar
tomonidan sodir etiladigan tajovuzning xarakteri va xavfli ekanligi
guruhning har bir a’zosining alohida harakatlaridan kelib chiqib emas,
butun guruhning harakatlaridan kelib chiqib aniqlanadi. Shu sababli «agar
tajovuz bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa,
mudofaalanuvchi hujum qiluvchilarning har biriga nisbatan guruhdagi
barcha tajovuzchilar harakatining xarakteri va xavflilik darajasiga qarab
tegishli himoya choralarini ko‘rishga haqli»
1
. Bunda shu guruh a’zolari
harakatlarining avvaldan kelishilganligi ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
Mudofaaning muvofiq bo‘lishi himoyalanishning yaxlit bir butunlik
deb qaraladigan tajovuzning alohida elementlariga emas, balki uning
barcha elementlariga muvofiqligini ko‘zda tutishini qayd etish kerak.
Shuning uchun mudofaalanuvchining harakatlarini baholashda, masalan,
faqat yetkazilgan zararning og‘irligidan yoki himoyalanish va tajovuz
qilishning vositalari muvofiqligidan kelib chiqish mumkin emas, chunki
tajovuz tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida
himoyalanuvchi hamma vaqt ham yuz bergan xavfning xarakterini aniq
anglab olmaydi va himoyaning tajovuzga nisbatan muvofiq usulini tanlay
olmaydi
2
. Shuningdek, mudofaa va tajovuzning intensivligida
mutanosiblik ham talab etilmaydi.
Himoyalanishning tajovuz xarakteri va xavfiga muvofiq bo‘lishining
shartini mudofaaning yetarli bo‘lishi talabi deb tushunmaslik lozim,
chunki tajovuzga javob beruvchi shaxs, odatda, har doim ham tajovuzning
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1996 йил 20 декабрдаги «Ижтимоий хавфли
тажовузлардан зарурий мудофаа ҳуқуқини таъминловчи қонунларнинг судлар томонидан қўлланилиши
ҳақида»ги 39-сонли қарори, 5-банд // Тўплам, 1-жилд. – 78-б.
2
Ўша жойда.
397
xarakteri va xavfini aniq baholay olishi va jinoyatning oldini olish uchun
kerakli va yetarli zararni yetkaza olishi mumkin bo‘lavermaydi. Zaruriy
mudofaa holatidagi shaxs tomonidan yetkaziladigan zarar javob
beriladigan tajovuz yetkazishi mumkin bo‘lgan va tahdid solgan zarardan
kamroq, unga teng yoki undan ko‘proq bo‘lishi mumkin. Lekin bu holat
sodir etilgan qilmishni zaruriy mudofaa deb baholanishiga ta’sir etmaydi,
chunki zaruriy mudofaaning maqsadi tajovuzdan yetkaziladigan ehtimoliy
zararni kamaytirish emas (oxirgi zaruratdagi kabi), balki uning oldini
olish, himoya qilinadigan manfaatlarni himoyalash bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: