Jinoiy uyushma
ishtirokchilik barcha shakllari ichida eng xavflisidir.
Jinoiy uyushmaning xavfliligi u tomonidan sodir etiladigan jinoyatning
xususiyati va og‘irlik darajasi bilan belgilanadi.
NOTA BENE !
Ikki yoki undan ortiq uyushgan guruhning jinoiy faoliyat bilan
shug‘ullanish uchun oldindan birlashishi
jinoiy uyushma
deb topiladi
(JK 29-moddasi 5-qismi)
.
Jinoiy uyushma yoki uyushgan guruh birlashmasi ikki shaxsdan iborat
bo‘lishi mumkin emas, u ishtirokchilarning ko‘proq sonini talab etadi.
Jinoiy uyushma a’zolari ko‘pchilikni tashkil qilib, ular o‘rtasida, qoida
tariqasida, jinoiy maqsadga erishish uchun ma’lum bilimlardan
foydalanishga oid vazifalar taqsimlanishi mumkin.
Jinoiy uyushma asosiy belgilaridan biri uning tarkibiy bo‘g‘inining
ikki yoki undan ortiq uyushgan guruhlardan iborat bo‘lishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |