JK 25-moddasi 1-qismining
mazmuniga ko‘ra,
jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish bosqichida aybdor tomonidan amalga
oshirilgan harakatlar, qasddan jinoyat sodir etish uchun shart-sharoit
yaratishga, shuningdek, bundan keyin jinoyatni yashirishga qaratilgan
bo‘lishi mumkin.
Jinoyat sodir etish uchun shart-sharoit yaratish harakatlari
deganda, jinoyat sodir etish quroli yoki vositalarini izlash, tayyorlash,
moslashtirish, jinoiy sheriklarni topish, til biriktirish yoki kelishuv va
jinoyat sodir etishga sharoit yaratuvchi boshqa harakatlar tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |