JK 17-moddasi 5-qismi
ko‘rilayotgan moddaning 2, 3, 4-qismlarida
keltirilgan jinoyat tarkiblari aniq bo‘lgan qoidani o‘rnatadi, berilgan
qismlarda sanab o‘tilmagan boshqa jinoyat tarkiblarining subyektlari
jinoiy javobgarlik vujudga kelishining umumiy yoshi 16 yoshga to‘lgan
shaxslar hisoblangan jinoyatlar taalluqli.
Aytish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligi voyaga
yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlikni qo‘llashning insonparvarlik
tamoyilini aks ettiruvchi bir qancha xususiyatlarini belgilab beradi. Bu o‘z
xatti-harakatlari va ularning oqibatlarini anglab yetmagan voyaga
yetmagan shaxslar bilan bog‘liq. Xususan, bunday holatlarda voyaga
yetmaganlar javobgarligi o‘ziga xosliklarini tartibga soluvchi normalar
o‘rnatilgan Jinoyat kodeksining Umumiy qismi 6-bo‘limi talablari hisobga
olinadi. Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan jinoiy jazo tayinlashning
o‘ziga xosliklariga ega maxsus normalar 18 yoshga to‘lgan, ya’ni voyaga
yetgan shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi umumiy
normalardan farqli ravishda jinoiy javobgarlikning yengilligi bilan ajralib
turadi.
Qonun tomonidan jinoiy javobgarlikning kelib chiqishi yuqori
chegaralarining belgilanib qo‘yilishi o‘zining aksini topmadi. Bu esa,
qonunda ko‘rsatilgan yoshga to‘lgan aqli raso jismoniy shaxs hatto katta
yoshda (70–80 yosh va h.k.) bo‘lsa ham, jinoiy javobgarlikdan ozod
qilinmaydi. Biroq sud har bir alohida holatda Jinoyat kodeksining 54-
moddasi (Jazo tayinlashning umumiy asoslari) talablari asosida jinoiy
jazoni individuallashtirish va uni tayinlashda jinoyat sodir etgan shaxsning
yoshini e’tiborga olishi lozim.
1
См.: Закон Республики Узбекистан от 12 декабря 2002 г. № 436-II «О всеобщей воинской обязанности и
военной службе», ч.3 ст.4 // Ведомости Олий Мажлиса Республики Узбекистан, 2002 г., №12, ст.217; 2003 г., №
9-
10, ст. 149; 2005 г., № 1, ст. 18; 2006 г., № 6, ст. 262.
239
Har bir ish bo‘yicha majburiy tartibda ijtimoiy xavfli qilmish sodir
etgan shaxsning aniq yoshi o‘rnatilishi lozim. Jinoyat kodeksida
ko‘rsatilgan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan voyaga yetmagan
shaxsning yoshi jinoyat-protsessual qonuni hujjatlari asosida o‘rnatiladi
(JPK 548-moddasi)
1
. Sud va tergov organlari jinoiy javobgarlikka
tortilayotgan voyaga yetmagan shaxsning tug‘ilgan yilini, oyini va kunini
aniqlashi lozim. «Ayni vaqtda, shu narsani e’tiborda tutish kerakki, shaxs
tug‘ilgan kunidan boshlab emas, balki tug‘ilgan kuni o‘tganidan so‘ng,
ya’ni ertasi kunning nol soatidan boshlab jinoyat uchun javobgarlik
boshlanadigan yoshga to‘lgan deb hisoblanadi». Bu voyaga yetgan, lekin
yoshini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lmagan shaxslarga ham tegishli
hisoblanadi.
«Sudlar ishda albatta, voyaga yetmaganlarning tug‘ilish guvohnomasi
yoki pasportidan fotonusxa mavjudligiga ahamiyat berishlari kerak. Ishda
bunday hujjatlar yo‘qligi aniqlangan taqdirda sudning o‘zi bunday
kamchilikni bartaraf qilishi zarur». Ish materiallarida voyaga yetmagan va
voyaga yetgan shaxslarning yoshi to‘g‘risidagi hujjatlari bo‘lmagan
taqdirda, ularning yoshi sud-tibbiyot ekspertizasi tomonidan aniqlanadi.
«Sudlanuvchining yoshi sud-tibbiyot ekspertizasi tomonidan
aniqlanayotganda, uning tug‘ilgan kuni deb, ekspertlar aniqlagan yilning
oxirgi kuni hisoblanadi. Yosh eng kam va eng ko‘p yillar miqdori bilan
aniqlanganda, sud ekspertlar tomonidan belgilangan eng kam yoshdan
kelib chiqishi lozim»
2
.
Do'stlaringiz bilan baham: |