NOTA BENE !
Jinoiy oqibat
jinoiy qilmish tufayli jinoyat qonuni bilan
qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga moddiy yoki nomoddiy
ko‘rinishda ifodalanadigan zarar, ziyon yoxud boshqacha salbiy
o‘zgarishda ifodalanadi.
Jinoiy oqibat – qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasini belgilab
beradi. Shuningdek, jinoiy oqibat qilmishning jinoiyligi yoki jinoiy
emasligini aniqlab beradi. Jazo tayinlashda sud tomonidan jazoni
og‘irlashtiruvchi holatlarni qo‘llashda asos bo‘lib hisoblanadi.
Jinoiy-huquqiy oqibatlarni quyidagi mezonlarga qarab guruhlarga
ajratishimiz mumkin:
– zarar tabiatiga qarab;
– yetkazilgan zararning xavflilik darajasiga qarab;
– qonunda belgilanishiga qarab;
– jinoyatni kvalifikatsiya qilish uchun ahamiyatiga qarab.
Do'stlaringiz bilan baham: |