NOTA BENE !
Qonun amal qilishining tugatilishi
qonunning ushbu vaqtdan boshlab
qo‘llanilishi mumkin emasligini nazarda tutadi.
«Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonunning 30-moddasiga
muvofiq normativ-huquqiy hujjat faqat belgilangan hollardagina o‘z
kuchini yo‘qotishi mumkin:
– normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) mo‘ljallangan muddat
tugaganda yoki hodisa boshlanganda;
– normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) qonunda belgilangan tartibda
konstitutsiyaviy emas deb topilganda;
– normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) o‘z kuchini yo‘qotgan deb
topilganda;
– normativ-huquqiy hujjat qonunda nazarda tutilgan hollarda bekor
qilinganda.
Normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash muddati o‘tganligi yoki biror
hodisa sababli uning ta’sirini bekor qilish – uning muddati o‘tganligi yoki
biror voqelik munosabati bilan shu vaqtdan boshlab haqiqiy emasligini
bildiradi. Muddatini aniqlash uchun biror-bir o‘zgarishning sodir bo‘lishi
(masalan, taqvim bo‘yicha hammaga ma’lum bo‘lgan davriy voqealar)
qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ayni bir paytda, ayrim hollardagina qiyinchilik
yuzaga kelishi mumkin, masalan, harbiy holatning tugashi, tabiiy ofatlar
sodir bo‘lganda va hokazo. Bunday holatlarda sud va tergov organlari
nufuzli davlat organlarining shunga o‘xshash normativ-huquqiy
hujjatlarini ko‘rsatilgan muddatdan boshlab to‘xtatish haqidagi maxsus
ko‘rsatmalarini talab qilishlari kerak.
Normativ-huquqiy hujjatni konstitutsiyaviy emas, deb topish uning
amalda bo‘lishini tugatishning alohida asosi bo‘lib, maxsus tartib bilan
tavsiflanadi va mohiyatan qoidadan istisno hisoblanadi. Normativ-huquqiy
hujjatlarning konstitutsiyaviy emasligini hal etish faqatgina O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan qonunda ko‘rsatilgan
93
shaxslar arizasiga asosan qo‘llaniladi
1
. Bunda normativ hujjatlarning
Konstitutsiyaga mosligi yoki nomuvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi sud
qarori shaklida qabul qilinadi.
Masalani ko‘rib chiqish vaqtida qonun chiqaruvchi yoki qonun
ostidagi akt Konstitutsiyaviy sud qarorining nashr qilingan vaqti
ko‘rsatilgan holda konstitutsiyaviy emas deb tan olinadi, chunki aynan shu
vaqtdan boshlab, sud qarori kuchga kiradi va shunga muvofiq ravishda,
qonun chiqaruvchi akt (uning qismlari) konstitutsiyaviy yoki
nokonstitutsiyaviy deb tan olinadi. Shu bilan birga, normativ hujjatlarning
konstitutsiyaviy emasligini tan olish boshqa usullar bilan uning ta’sirini
to‘xtatishdan shu bilan farq qiladiki, hujjat Konstitutsiyaviy sud qarori
chiqarilgan vaqtdan emas, balki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, qabul
qilingan kundan boshlab konstitutsiyaviy emas deb topiladi. Bu shuni
bildiradiki, normativ-huquqiy hujjat qaror chiqquncha va qaror chiqqandan
keyingi holatlarda qo‘llashga loyiq emasligini ko‘rsatadi. Chunki, sud va
tergov organlarining barcha dastlabki yechimlari qonunchilik asosida
so‘zsiz qayta ko‘rib chiqilishi zarur. Normativ-huquqiy hujjatning
yaroqsizligi shuni ham bildiradiki,
Do'stlaringiz bilan baham: |