Jinoyat sodir etish vositalarini yetkazib berish
yordamchi
tomonidan bajaruvchiga atrofdagi moddiy dunyoga tegishli, jinoiy
qilmishni amalga oshirish uchun ishlatiladigan zarur bo‘lgan turli
buyumlarni topshirishda ifodalanadi. Bularga lom, qurol, transport
vositalari, yoqilg‘i materiallari va boshqa shu kabilar kirib, ular o‘z
xossalari bo‘yicha bajaruvchiga muayyan jinoyat obyektiv tomonini
amalga oshirishga ko‘maklashish imkoniyatiga ega bo‘lgan moddiy
dunyoning turli xil narsalari xizmat qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |