Tamom bo‘lgan suiqasdda
subyekt, zarur bo‘lgan barcha
harakatlarni qilganiga amin, ammo ba’zi obyektiv sabablarga ko‘ra jinoiy
oqibat kelib chiqmaydi. Bu holatda shaxs amalga oshirishni mo‘ljallagan
barcha harakatlarni sodir etadi, ammo jinoiy natijaning intihosi izchil
harakatlar doirasidan chetda qoladi. Aybdor erishishga intilgan haqiqiy
oqibat mavjud bo‘lmaydi. Misol uchun, subyekt o‘ldirish maqsadida
jabrlanuvchiga zahar berdi, lekin shifokorlarning sa’y-harakati bilan
jabrdiydaning hayoti saqlab qolinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |