JK 12-moddasi 1-qismi
umumiy shartlarni belgilaydi, shu yo‘l bilan
fuqarolik prinsipi davlatimiz qonunchiligi hududiy amal qilish mezonlarini
belgilaydi.
Bu shartlar fuqarolik prinsipining quyidagi tarkibiy elementlarini
ifodalaydi:
– aniq-muayyan subyektli tarkibi;
– prinsipni qo‘llashning hududiy sohalari;
– jinoiy javobgarlikka tortish asoslari;
– O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga muvofiq javobgarlikka
tortishni istisno etuvchi holatlar.
Fuqarolik prinsipining aniq-muayyan subyektli tarkibi
shuni
bildiradiki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi amal qilish doirasi
qonunda ko‘rsatilgan ma’lum toifadagi aholi, ya’ni O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolari va respublikada doimiy istiqomat qiluvchi
fuqarolikka ega bo‘lmagan shaxslar bilan chegaralanadi.
NOTA BENE !
Do'stlaringiz bilan baham: |