JK 11-moddasi 2-qismi «g» bandida
bir necha qilmishlardan iborat
yoki boshqa qilmishlar bilan sodir etilib, uning bir qismi O‘zbekiston
hududida yuz bergan bo‘lsa, bunday jinoyat O‘zbekiston Respublikasi
hududida sodir etilgan deb baholanadi.
Bu holda birgalikda yagona jinoiy yo‘nalishga ega bo‘lgan jinoiy
xulq-atvor aktlarining birlashishi
bir necha qilmish
lardan iborat qilmishni
anglatadi. Xususan, bir necha qilmishga jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish,
sodir etish, unda ishtirok etish, tashkilotchilik qilish, yordamlashish kabi
harakatlar kiritiladi. JK 11-moddasi 2-qismi «a» bandiga kiritilmaydigan
belgilar: jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish, ishtirok etish kabilar bir qilmishni
tashkil etadi, unda aybdor bo‘lganlar javobgarlikka tortilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |