Nomzodlarni ko’rsatish va ro’yxatga olish.
Qonunga muvofiq
muayyan shaxsning passiv saylov huquqini amalga oshirishi nomzodni
ilgari surishdan boshlanadi. Saylov jarayonining bu bosqichi aksariyat
hollarda keyingi bosqichlar qay darajada o’tishini belgilab beradi. Bu
yerdagi eng muhim omil – nomzodlarni ko’rsatish huquqiga ega bo’lgan
subyektlar to’g’risidagi masaladir.
Nomzodni ko’rsatish – shaxsning saylovda ishtirok etish maqsadi va
unga intilishi to’g’risidagi ommaviy murojaatining birinchi
ko’rinishidir. Nomzodni ko’rsatish nomzodi ilgari surilgan shaxsning
roziligi bilangina amalga oshiriladi. Nomzodning saylovda qatnashishga
bergan roziligi uning masalaning mohiyatini, saylovoldi kampaniyasida
ishtirok etish mas’uliyatini chuqur tushunganligini ma’lum qiladi.
Ishchi guruh aholi fikrini o’rganib, umumlashtirib va har
tomonlama o’ylab, fuqarolar yig’ini raisi vazifasiga nomzodlarni
ko’rsatish to’g’risida qaror qabul qiladi. Ishchi guruh nomzodlarning
ushbu lavozimga o’z nomzodini ko’rsatishga roziligi to’g’risida arizasi
mavjud bo’lgan taqdirdagina ularni ro’yxatdan o’tkazadi.
Shu tariqa, ko’rsatilayotgan nomzodlar o’zlarining ma’lum ijtimoiy
tayanchga ega ekanliklarini namoyon qilishlari kerak. Ushbu qoida hech
kim tanimaydigan va o’zidan boshqa hech kimni tan olmaydigan, o’zi
bilmagan holda nomzod bo’lib qolganlarning paydo bo’lishiga yo’l
qo’ymaslik uchun zarur.
“Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) saylovi to’g’risida”Qonunning
16-moddasiga asosan “Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) vazifasiga
ko’rsatilgan nomzodlarga doir hujjatlar tuman yoki shahar hokimi bilan
kelishish
uchun tegishli tuman yoki shahar komissiyasiga saylovdan
kamida o’n kun oldin topshiriladi”.
O’zbek tilining izohli lug’atida «kelishmoq» so’zining ma’nosi
quyidagicha izohlanadi: kelishmoq o’zaro maslahatlashib ma’lum bir
597
fikrga (xulosa, bitim yoki qarorga) kelmoqdir
255
. Bundan ayon bo’ladiki,
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari raisi (oqsoqol) vazifasiga
nomzod muhokamasida tegishli hokimning fikri hal qiluvchi ahamiyatga
ega, deb bo’lmaydi. Rais (oqsoqol) nomzodi yuzasidan kelishuv
kollegiallik tarzida o’tadi. Kollegiallikning mohiyati shundaki,
aksariyat hollarda, turli nuqtayi nazar o’rganilib, murosa chegarasini
o’zida aks ettiruvchi eng to’g’ri yechim topiladi.
“Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va
o’tkazishga ko’maklashish bo’yicha komissiyalar kelishish deb nom
olgan jarayonda bevosita ishtirok etadilar. Ushbu vazifaga ko’rsatilgan har
bir nomzod, barcha komissiya a’zolarining ishtirokida, hokim suhbatidan
o’tadi. Bundan ko’rinadiki, fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) vazifasiga
nomzodlarga doir masala bo’yicha qabul qilingan hokim qarori kollegiallik
xarakteriga ega.
Ishchi guruh tuman yoki shahar hokimining xulosasini olganidan
keyin fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga kelishilgan nomzodlar
haqidagi axborotni saylovdan kamida besh kun oldin fuqarolar yig’ini
binosiga va guzarlarga osib qo’yadi.
Nomzodlarni ro’yxatga olish, bir tomondan, yuridik omil – u saylov
kampaniyasining navbatdagi bosqichiga yo’l ochadi, ikkinchi tomondan,
tashkiliy ahamiyatga ega hisoblanadi. Nomzodni ro’yxatga olishni –
saylov kampaniyasida ko’rsatilgan nomzodning qonun talablariga muvofiq
kelish-kelmasligini aniqlash uchun ajratilgan vaqt sifatida qarash kerak.
Nomzodlarni ro’yxatga olish jiddiy ravishda hujjatlashtirilishi lozim.
Birinchidan, qonun talabiga ko’ra tegishli hududda yashovchi aholining
fikrini hisobga olgan holda ishchi guruh tomonidan nomzodlarni
ko’rsatish. Ikkinchidan, o’z nomzodini ilgari surgan shaxsning yozma
arizasi. Uchinchidan, saylanish uchun rozilik bergan nomzodlarning
arizalari.
Amaliyot ko’rsatishicha, fuqarolar yig’ini organlariga o’tkaziladigan
saylovlar davlat hokimiyati organlariga o’tkaziladigan saylovlardan farq
qiladi. Fuqarolar yig’ini organlariga o’tkaziladigan saylovlar borasida
nisbatan o’rnatilgan alohida tartib e’tiborga molikdir. Bu o’rinda gap
umumiy, teng va bevosita saylov huquqiga qo’yilgan talablardan chekinish
haqida emas, aksincha, mavjud talablarni amalga oshirishning alohida
mexanizmlariga yo’l berish to’g’risida bormoqda. Bu, masalan, ba’zi
255
Ўзбек
тилининг
изоҳли
луғати
. –
М
.:
Рус
тили
, 1981.–
Б
.377.
598
saylov harakatlari muddatini qisqartirish, birinchi navbatda, saylovoldi
tashviqot davrini o’zgartirishdir, zero, mahallalarda hamma bir-birini
yaxshi biladi va shu sababli mazkur qisqartirishlarga yo’l qo’yilishi
mumkinligi e’tirof etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |