Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


Konstitutsiyaviy-huquqiy normalariga xos bo‘lgan



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

Konstitutsiyaviy-huquqiy normalariga xos bo‘lgan 
xususiyatlardan, ya’ni vakolat beruvchi (dispozitsiya) majburiyat 
yuklovchi (gipoteza) taqiqlovchi (sanksiya) elementlaridan iborat 
ekanligini ko‘rish mumkin.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 76-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining Oliy 
Majlisi Oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni 
amalga oshiradi” deyilgan. Bu normada faqat dispozitsiya bor bo‘lib, 
gipoteza ham sanksiya yo‘q, ya’ni huquqiy norma bir elementdan tashkil 
topgan. Boshqa bir misol tariqasida Konstitutsiyaning 89-moddasini 
keltirish mumkin. Unda “O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 
O‘zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘idir”, 
deyilgan. Bu norma ham faqat dispozitsiyadan iborat.
Bu keltirilgan normalarda gipoteza va sanksiya qismlarining yo‘qligi 
ularning huquqiy norma ekanligiga shubha tug‘dirmaydi, bunday normalar 
Oliy Majlis va Prezidentning huquqiy holatini aniqlab beradi. 
Ikki qismdan, gipoteza va dispozitsiyadan tashkil topgan 
konstitutsiyaviy huquqiy normalarga, masalan, O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 82-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati o‘z vakolatlariga kiritilgan 
masalalar yuzasidan qabul qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatining qarorlari Qonunchilik 
palatasi deputatlari yoki Senat a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi 
bilan qabul qilinadi, ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan hollar bundan 
mustasno”, deyilgan normaning birinchi bandini dispozitsiya elementi, 
qolgan qismini “Qonunchilik palatasi deputatlari yoki Senat a’zolari 
umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi”, degan qismini 
gipoteza elementi tashkil qiladi.
Demak, bu norma ikki elementdan tashkil topgan. Konstitutsiyaviy 
huquq normalarida sanksiya qismining yo‘qligi bilan boshqa huquq 
normalaridan farq qiladi. Bu uning o‘ziga xos xususiyatidir, shu bilan bir 


30 
qatorda, zarur hollarda unda javobgarlik haqida ham gapirilishi mumkin. 
Ayrim huquqshunos olimlarning fikriga ko‘ra, fanda yumshoq 
sanksiyalangan normalar mavjud ekan. Konstitutsiyaviy huquq fanida bu 
kabi yumshoq sanksiyalangan normalar ko‘p uchraydi. Masalan, 
Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik 
faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan 
shug‘ullanishlari mumkin emas, deyilgan. Bu normada yumshoq sanksiya 
elementi mavjud. Agar bu qoida buzilsa, tegishli qonunlarga binoan, qattiq 
sanksiya normasi kuchga kiradi. Qattiq sanksiyalangan normalar boshqa 
huquq fanlarining predmetini tashkil etadi.
Bundan tashqari, belgilangan konstitutsiyaviy huquqiy normada 
yozilgan qoidaning mazmuni xarakteriga qarab, davlat huquqiy 
normalarini atroflicha quyidagicha ifodalaymiz. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish