3-§. Mulk huquqi va uni amalga oshirishning konstitutsiyaviy
asoslari
Mulk huquqi ikki ma’nodagi: obyektiv va subyektiv ma’nodagi mulk
huquqiga bo’linadi. Obyektiv ma’nodagi mulk huquqi deganda, tabiat
ashyolarini ijtimoiy o’zlashtirishning mavjud zaxiralarini, usullarini
belgilash, tartibga solish va mustahkamlash uchun xalq manfaatlarini
ko’zlab belgilangan tadbirlarni ifodalovchi huquq normalari yig’indisi
nazarda tutiladi. Chunonchi, mulk to’g’risidagi umumiy qoidalar obyektiv
huquq normalari hisoblanadi. Obyektiv ma’nodagi mulk huquqi mutlaq
huquqiy normalar asosida tartibga solinadi. Bunga misol sifatida mulk
huquqini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini keltirish mumkin.
Subyektiv ma’nodagi mulk huquqi deb, ayrim shaxslar, ya’ni huquq
subyektlarining (davlat, yuridik shaxslar va fuqarolarning) obyektiv huquq
normalari asosida kelib chiqadigan mulkni egallash, undan foydalanish va
uni tasarruf qilish huquqlariga aytiladi. Subyektiv ma’nodagi mulk huquqi
nisbiy-huquqiy normalar asosida tartibga solinadi. Subyektiv ma’nodagi
mulk huquqi mulk sohibining o’ziga mulk yoki ashyoviy huquq asosida
tegishli bo’lgan mol-mulklarni qonunda taqiqlanmagan asoslarda, vakolat
doirasida, o’zga shaxslarning manfaatlariga putur yetkazmagan holda
egallash, undan foydalanish va uni tasarruf qilish maqsadida turli bitimlar
tuzishida namoyon bo’ladi. Masalan, turli shartnomalar tuzish, o’z mulkini
meros qilib qoldirish va boshqa bitimlar orqali mulkka bo’lgan huquqni
324
vujudga keltirish, o’zgartirish yoki bekor qilish subyektiv ma’nodagi mulk
huquqining mazmunini bildiradi
155
.
O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasida
mulkchilik to’g’risida”gi qonuni va Fuqarolik kodeksi 164-moddasiga
ko’ra, mulk huquqi shaxsning o’ziga qarashli mol-mulkka o’z xohishi
bilan va o’z manfaatlarini ko’zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni
tasarruf etish, shuningdek, o’zining mulk huquqini, kim tomonidan
bo’lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan
iboratdir. Mulkdorning o’z xohishi deganda, uning erkin, ixtiyoriy,
tazyiqlarsiz, ongli ravishda hamda qonun doirasidagi harakatini
tushunishimiz mumkin.
Mulk huquqining mazmuni mulk sohibining vakolatlar doirasi bilan
belgilanadi. Mulkni o’z xohishiga ko’ra va o’z manfaatini ko’zlab
egallash, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek, mulk
huquqini har qanday buzilishlardan bartaraf etishni talab qilish huquqi
tushunchalari mulk huquqining mazmunini tashkil etadi. Subyektiv mulk
huquqining mazmunini tashkil etadigan bu elementlar mulk egasiga
qonun bilan belgilangan doiralarda beriladi.
Shu ma’noda mulkdor o’z mulkiga bo’lgan huquqlarini ixtiyoriy
ravishda, o’z xohishiga ko’ra amalga oshiradi. Mulkdorning o’z xohishi
deganda, uning o’z erki, irodasi bilan o’z manfaatlarini ko’zlab,
birovning (uchinchi shaxslarning) tazyiqisiz, g’ayrihuquqiy ta’sirsiz
harakat qilishi nazarda tutiladi. Agar mulkdorga nisbatan bunday holatda
zo’rlik, tazyiq ko’rsatilgan bo’lsa, qonun mulkdorning xohish-irodasi erkin
amalga oshirilishini kafolatlaydi va muhofaza qiladi. Ayni vaqtda
mulkdorning o’z xohishiga ko’ra ish tutishi qonun, insof va adolat
doirasida amalga oshirilishi lozim.
Mulkdorning mulkiy huquqni o’z xohishiga ko’ra amalga oshirishda
uning manfaati yotadi. Bu manfaat bevosita uning o’ziga, yaqinlariga yoki
boshqalarga taalluqli bo’lishi mumkin. Masalan, ota-ona voyaga yetmagan
farzandi nomiga bankka omonat pul mablag’i qo’yganda ham, garchi
bunda uchinchi shaxsning manfaati ko’zlaganday bo’lsa ham, aslida
mulkdorning harakati zamirida ota-ona sifatidagi burchi yotadi. Mulkdorni
o’z xohishiga ko’ra yoki manfaatiga zid ravishda mulkiy bitimlar tuzishga
155
Зокиров
И
.
Б
.
Фуқаролик
ҳуқуқи
:
Дарслик
. I
қисм
.
Масъул
муҳаррир
:
Ҳ
.
Раҳмонқулов
:
Қайта
ишланган
ва
тўлдирилган
бешинчи
нашр
. –
Тошкент
:
ТДЮИ
нашриёти
, 2009. –
Б
. 356-357.
325
majbur qilish, umumiy qoida bo’yicha bunday bitimlar haqiqiy
sanalmasligiga sabab bo’ladi
156
.
Mulk huquqi uch element – mulkka egalik qilish, undan foydalanish
va uni tasarruf etishdan iborat.
Mulkka egalik qilish huquqi – uni qonunda belgilangan tartibda
qo’lga kiritish orqali o’z ixtiyorida yoki o’z erki-irodasi ta’siri ostida
bo’lishi, saqlanishi yoki boshqa shaxslarga topshirilishida ifodalanadi.
Mulkka egalik qilish huquqi yuridik va faktik asoslarda bo’lishi mumkin.
Masalan, qonunda belgilangan tartibda davlat mol-mulkini
xususiylashtirish yoki meros qilib olish natijasida egalik qilsa mulkning
haqiqiy egasi sifatida yuridik egalik hisoblanadi, agar mol-mulkdan
foydalanish jarayonda ham uni vaqtincha egalikda saqlab turilsa, ushbu
holatda faktik egalikda bo’ladi, mulkka egalik qilish huquqi esa yuridik
egaligida bo’lgan shaxsda saqlanib qoladi.
Mulkka egalik qilish huquqi mulk huquqi va o’zga ashyoviy
huquqlar asosida amalga oshirilishi mumkin. Mol-mulkka xo’jalik
yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi, meros qilib qoldiriladigan
yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi, yer uchastkasiga doimiy
egalik qilish huquqi, servitutlar asosida egalik qilinsa ashyoviy huquqlar
asosida mulkka egalik qilish hisoblanadi. Mol-mulkka egalik qilish
huquqining boshqa shaxsga o’tishi, agar qonun hujjatlarida o’zga tartib
nazarda tutilgan bo’lmasa, bu mol-mulkka nisbatan o’zga ashyoviy
huquqlarning bekor bo’lishi uchun asos bo’lmaydi.
Mol-mulkka mulk huquqi asosida egalik qilishda ashyoviy huquqdan
farqli ravishda egalik shaxsning o’z ixtiyori va erki-irodasida bo’ladi.
Egalik qilish huquqi muddatli va muddatsiz tarzda amalga oshirilishi
mumkin.
Mulkdan foydalanish huquqi – mulkni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan
o’zlashtirish natijasida ma’naviy yoki moddiy foyda olishda ifodalanadi.
Mulkdan foydalanish mol-mulkka egalik qilish huquqi bilan bevosita
bog’liq bo’ladi. Masalan, mulk ijarasi shartnomasi bo’yicha ijaraga
beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik
qilish va foydalanish uchun topshiradi.
156
Зокиров
И
.
Б
.
Фуқаролик
ҳуқуқи
:
Дарслик
. I
қисм
.
Масъул
муҳаррир
:
Ҳ
.
Раҳмонқулов
:
Қайта
ишланган
ва
тўлдирилган
бешинчи
нашр
. –
Тошкент
:
ТДЮИ
нашриёти
, 2009. –
Б
. 357.
326
Mulkni tasarruf etish – mulkning yuridik taqdirini belgilash, ya’ni
mulkdorning molk-mulkka tegishli huquqlarini o’zgartirishi, bekor qilishi
yoki ixtiyoriy voz kechishi mumkin. Masalan, mulkdorning mol-mulk
taqdirini hal qiladigan bir tomonlama qaror qabul qilishi mulk huquqining
bekor bo’lishiga asos bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 54-moddasida mulkdan
foydalanish jarayonida mulkdorga nisbatan bir qator majburiyatlar ham
yuklangan bo’lib, ularga ko’ra ekologik muhitga zarar etkazmaslik,
fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan
qo’riqlanadigan manfaatlarini buzmaslik shart.
Ekologik muhit – bu insonni o’rab turgan tabiiy kelib chiqishga ega
bo’lgan atrof tabiiy muhit. Ekologik muhitga zarar etkazish hozirgi va
kelajak avlod manfaatlariga daxl qilishi, salbiy ijtimoiy, iqtisodiy,
ekologik oqibatlarga sabab bo’lishi va mamlakatning har tomonlama
rivojlanishiga to’sqinlik qilishi tufayli konstitutsiya darajasida
mustahkamlab qo’yilgan.
Mulkdan foydalanish jarayonida ekologik muhitga zarar
yetkazmaslik atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan
foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari orqali
amalga oshiriladi.
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish – yer, yerosti boyliklari, suv,
o’simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi hamda boshqa tabiiy
zaxiralarning ifloslanishdan, buzilishdan, zararlanishdan, oriqlab
ketishdan, vayron bo’lishdan, yo’q bo’lib ketishdan, oqilona
foydalanmaslikdan, ularni zararli antropogen ta’sirdan himoya qilishga
qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, texnologik va boshqa
chora-tadbirlar tizimidan iboratdir.
Tabiiy resurlardan foydalanish – yer, yerosti boyliklari, suv, o’simlik
va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi hamda boshqa tabiiy zaxiralarni
oqilona va samarali asosda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan (umumiy va
maxsus tarzda) o’zlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimidan
iboratdir.
Ekologik xavfsizlikni ta’minlash esa tabiat va jamiyat tizimidagi
o’zaro munosabatlarni barqaror holatda ta’minlash, turli ekologik tahdid
va zararli ta’sirlarning oldini olish, cheklash va bartaraf etishga qaratilgan
chora-tadbirlar tizimidan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 172-moddasiga
asosan, mulkdorning o’z huquqlarini amalga oshirishi boshqa shaxslarning
huquqlarini va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart.
327
Qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, shartlarda va doirada mulkdor
boshqa shaxslar uning mol-mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga
yo’l qo’yishga majbur. Masalan, Fuqarolik kodeksining 173-moddasi
hamda Yer kodeksining 30-moddasida o’zganing yer uchastkasidan
cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) belgilangan.
Mulkdor o’zining ustunlik mavqeini suiiste’mol qilishga, boshqa
shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini
kamsitadigan o’zga harakatlarni qilishga haqli emas. Mulkdor o’z
huquqini amalga oshirganida fuqarolarning sog’lig’iga va atrof muhitga
zarar yetkazishining oldini olish choralarini ko’rishga majbur.
O’zbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va
mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi qonuni 4-moddasida
asosan mulkdor o’ziga qarashli mol-mulkka o’z xohishiga ko’ra hamda
o’z manfaatlarini ko’zlab egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf
etadi. Mulkdor o’z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo’lmagan
har qanday harakatlarni bajarishga haqli. U o’z mol-mulkidan
xo’jalik faoliyatini va qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga
oshirish uchun foydalanishi, uni boshqa shaxslarga egalik qilish va (yoki)
foydalanish uchun tekinga yoxud haq evaziga berishi mumkin.
Mol-mulkdan foydalanish fuqarolarning, yuridik shaxslar va davlatning
huquqlarini hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi,
atrof-muhitga zarar etkazmasligi kerak.
Demak, mulk huquqi va uni amalga oshirishning konstitutsiyaviy
asoslari ko’p ukladli iqtisodiyotimiz asoslarini mustahkamlaydi, bozor
islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirishda huquqiy
poydevor bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |