Harbiy sudlar
.O’zbekiston Respublikasining harbiy sudlari tizimi
O’zbekiston Respublikasi Harbiy sudi va hududiy harbiy sudlardan iborat.
O’zbekiston Respublikasi Harbiy sudi viloyat sudi huquqida ish olib
boradi hamda rais, sudyalar va xalq maslahatchilaridan iborat bo’ladi.
Hududiy harbiy sudlar tuman sudi huquqida ish olib boradi va rais,
xalq maslahatchilaridan iborat bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi harbiy sudlari:
–
O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Davlat
xavfsizlik xizmatining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Ichki ishlar
vazirligi qo’shinlarining va qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan
boshqa harbiy tuzilmalarning, jumladan O’zbekiston Respublikasi Milliy
gvardiyasining harbiy xizmatchilari, shuningdek, o’quv yig’inlarida
bo’lgan vaqtda harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan
jinoyatlar to’g’risidagi ishlarni;
–
harbiy qismlar, qo’shilmalar va birlashmalar, harbiy boshqaruv
organlarining qo’mondonligiga nisbatan harbiy xizmatchilarning da’volari
bo’yicha fuqarolik ishlarini va harbiy boshqaruv organlari hamda harbiy
mansabdor shaxslarning harbiy xizmatchilarning huquq va erkinliklarini
buzuvchi xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyatlarni;
–
alohida holatlarga ko’ra sudlar faoliyat ko’rsatmayotgan joylarda
barcha fuqarolik va jinoyat ishlarini;
–
davlat sirlariga taalluqli ishlarni;
–
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ishlarni ko’radi.
655
6-§. O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi
O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar
hamjamiyatining organi bo’lib, u O’zbekiston Respublikasida sud
hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini
ta’minlashga ko’maklashadi.
Kengash yuridik shaxsdir, u O’zbekiston Respublikasining Davlat
gerbi tasviri tushirilgan va o’z nomi yozilgan muhrga ega bo’ladi. Kengash
faoliyati O’zbekiston Respublikasi “Sudyalar oliy kengashi to’g’risida”gi
qonun va boshqa qonunlar bilan tartibga solinadi.
Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
–sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlash,
eng malakali va mas’uliyatli mutaxassislar orasidan sudyalarni tayinlash,
shuningdek, rahbar sudyalik lavozimlariga ko’rsatish uchun tavsiya berish
asosida sudyalar korpusini shakllantirish;
–sudyalar daxlsizligi buzilishining va ularning odil sudlovni amalga
oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishning oldini olish bo’yicha
chora-tadbirlar ko’rish;
–sudyalarni kasbiy tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni
tashkil etish, sudyalarning faoliyati samaradorligini baholash, shuningdek,
ularni rag’batlantirish bo’yicha tashabbus ko’rsatish;
–ommaviy axborot vositalari bilan o’zaro hamkorlik olib borish,
aholi bilan muloqotni yo’lga qo’yish, jismoniy va yuridik shaxslarning
sudyalar tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi masalalariga
doir murojaatlarini ko’rib chiqish;
–sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish,
sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini va yagona sud amaliyotini
ta’minlash, odil sudlovga erishish darajasini va uni amalga oshirish
sifatini yaxshilash bo’yicha takliflar tayyorlash;
–sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish to’g’risidagi,
shuningdek, ularni jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortish uchun xulosa
berish haqidagi masalani ko’rib chiqish.
Kengash o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun:
–sudyalik lavozimlariga nomzodlar zaxirasini shakllantiradi;
–sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlashni
tashkil etadi;
656
–O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, rais o’rinbosarlari va
sudyalari lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar bo’yicha O’zbekiston
Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi;
–viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari hamda rais
o’rinbosarlari, O’zbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi
lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar bo’yicha O’zbekiston
Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi;
–harbiy sudlarning, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining
sudyalarini, tumanlararo, tuman,shahar sudlarining raislari va
sudyalarini O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda
lavozimga tayinlaydi;
–Qoraqalpog’iston Respublikasi sudlarining sudyalik
lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar bo’yicha Qoraqalpog’iston
Respublikasi Jo’qorg’i Kengesiga qonunga muvofiq xulosalar (taqdim-
nomalar) kiritadi;
–sudyalarni ularning vakolatlari muddati davrida harbiy sudlarning,
viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalari, tumanlararo,
tuman, shahar sudlarining raislari va sudyalari lavozimlariga o’z
arizalariga asosan Sudyalar oliy malaka hay’atining tavsiyasiga ko’ra
qaytadan tayinlaydi;
–sudyalarni Qoraqalpog’iston Respublikasi sudlarining
sudyalari, Qoraqalpog’iston Respublikasi tumanlararo, tuman, shahar
sudlarining raislari va sudyalari lavozimlariga o’z arizalariga asosan
Sudyalar oliy malaka hay’atining tavsiyasiga ko’ra qaytadan tayinlash
bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesiga
taqdimnomalar kiritadi;
–O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan
yoki O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan
saylanadigan sudyalarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish
to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar
(takliflar) kiritadi;
–qonunda nazarda tutilgan hollarda harbiy sudlarning, viloyatlar va
Toshkent shahar sudlarining sudyalarini, tumanlararo, tuman, shahar
sudlarining raislari va sudyalarini O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
bilan kelishilgan holda lavozimidan ozod qiladi;
–Qoraqalpog’iston Respublikasi sudlari sudyalarining vakolatlarini
muddatidan ilgari tugatish to’g’risida Qoraqalpog’iston Respublikasi
Jo’qorg’i Kengesiga xulosalar kiritadi;
657
–sudyalarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash to’g’risida
O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi;
–sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish masalasini ko’rib
chiqadi va materiallarni sudyalarning tegishli malaka hay’atlariga
yuboradi;
–sudyalarni jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortish masalalari
yuzasidan xulosa beradi;
–sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish,
sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini va yagona sud amaliyotini
ta’minlash, odil sudlovga erishish darajasini va uni amalga oshirish sifatini
yaxshilash bo’yicha takliflarni O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumi ko’rib chiqishi uchun kiritadi;
–sudyalarning malaka hay’atlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni
amalga oshiradi, ularning faoliyatini tekshiradi, sudyalarning malaka
hay’atlari raislari hisobotlarini eshitadi;
–jismoniy va yuridik shaxslarning sudyalar tomonidan odob-axloq
qoidalarini buzish masalalariga doir murojaatlarini ko’rib chiqadi;
–sudyalarning faoliyatini ularning kasbiga munosibligi nuqtayi
nazaridan o’rganadi;
–Sudyalarning odob-axloq kodeksini tasdiqlaydi;
–sudyalarning faoliyatini o’rganish va baholash mezonlarini
tasdiqlaydi;
–sudyalarni kasbiy tayyorlash va ularning malakasini oshirishni
tashkil etishga doir dasturni tasdiqlaydi;
–O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini
ta’minlash departamenti direktorining o’z faoliyati to’g’risidagi axborotini
har yili eshitadi;
–sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan
nomzodlarning,yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik
lavozimlariga nomzodlarning shaxsiy va kasbiy sifatlari darajasini
o’rganish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
–O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining
Reglamentini tasdiqlaydi.
Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham
amalga oshirishi mumkin.
Kengash rais, rais o’rinbosari, uning a’zolari va kotibidan – jami
yigirma bir nafar kishidan iborat tarkibda sudyalar, huquqni muhofaza
qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va huquq
sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar orasidan shakllantiriladi.
658
Kengash raisi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga
binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan
tayinlanadi.
Kengash raisining o’rinbosari O’zbekiston Respublikasining
Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va u bir vaqtning o’zida O’zbekiston
Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov
muammolarini o’rganish tadqiqot markazini boshqaradi.
Kengashning o’n bir nafar a’zosi Kengash raisining taqdimiga
binoan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan sudyalar orasidan
tasdiqlanadi. Kengashning ushbu a’zolaridan bir nafari Qoraqalpog’iston
Respublikasi sudlarining sudyalari orasidan tasdiqlanadi.
Kengash kotibi va uning yetti nafar a’zosi O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik
jamiyati institutlari vakillari hamda huquq sohasidagi yuqori malakali
mutaxassislar orasidan tasdiqlanadi.
Kengashning raisi, kotibi va sudyalar orasidan tasdiqlangan o’n bir
nafar a’zosi o’z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi, Kengashning
qolgan sakkiz nafar a’zosi, shu jumladan Kengash raisining o’rinbosari
o’z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Kengashning sudyalar orasidan tasdiqlangan va o’z faoliyatini
doimiy asosda amalga oshiruvchi o’n bir nafar a’zosi Kengash tomonidan
uning raisi taqdimiga binoan Kengashning sho’balari hamda Sud
inspektsiyasi tarkibiga, shu jumladan mazkur tuzilmalarning rahbarlari
lavozimlariga saylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |