Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

Қаранг
:
Ўзбекистон
ССРнинг

Ўзбекистон
Республикаси
Министрлар
Совети
тўғрисида

ги
қонуни
// 
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Советининг
ведомостлари
. – 1978. – 

36. – 527-
модда

208
Ҳусанов
О
.
Т

Ўзбекистон
Республикаси
давлат
органлари
. / 
Масъул
муҳаррир
А
.
Азизхўжаев
/. – 
Тош
-
кент

Шарқ
, 1996. – 
Б
. 58-59. 
209
Ўзбекистон
ССРнинг
Конституцияси
(
Асосий
қонуни
). – 
Тошкент

Ўзбекистон
, 1991. – 44 
б
.
210
Президентнинг
1990 
йил
15 
ноябрдаги
Фармони
билан
Вазирлар
Маҳкамасининг
халқ
хўжалиги

ижтимоий
соҳа
ва
маданиятининг
асосий
комплексларига
мос
келадиган
тузилмалари
ташкил
этилди
ва
уларнинг
навбатдаги
ҳамда
истиқболдаги
вазифалари
белгиланди
. // 
Совет
Ўзбекистони
, 1990 
йил
, 21 
но
-
ябрь



532 
Shunday qilib, Prezident respublikada oliy ijroiya va boshqaruv 
hokimiyatini amalga oshiruvchi oliy martabali shaxsga aylandi va davlat 
boshlig’i sifatida ham o’z o’rnida qoldi. Endilikda u faqat farmonlar emas, 
balki qaror va farmoyishlar ham qabul qilish huquqiga ega bo’ldi.
1992-yil 4-yanvardagi Qonun bilan O’zbekiston Respublikasining Bosh 
vaziri lavozimi ta’sis etildi.
211
Bulardan tashqari, o’sha paytda Vitse-prezident lavozimi ham ta’sis 
etilgan bo’lib, u asosan Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etuvchi
lavozim hisoblangan. Ta’kidlash kerakki, joriy etilgan Vitse-prezident
lavozimi qisqa vaqt ichida davlat boshqaruvi nuqtai-nazaridan o’zini 
oqlamadi. Shu boisdan ham 1992-yil 4-yanvardagi Qonun
212
bilan
bu lavozim tugatilib, O’zbekistonning ijro etuvchi hokimiyati tizimida 
yangi lavozim, ya’ni O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri lavozimi 
ta’sis etildi. Bosh vazirga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish va uning 
ishini tashkil qilish mas’uliyati yuklatildi. Bosh vazir lavozimining ta’sis 
etilishi O’zbekiston Hukumati faoliyatining samarali tashkil etilishida
muhim voqea bo’ldi. Bosh vazirga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish 
va uning faoliyatini tashkil qilish vazifasining yuklatilishi, ushbu 
institutning rivojlanishi va davlat hokimiyati organlari tizimida uning 
o’rnini mustahkamlanishida muhim rol o’ynadi. Prezident respublika 
hukumati tarkibiga rasman kirmagan holda Vazirlar Mahkamasining
Raisi lavozimini egalladi, ya’ni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti o’z
lavozimiga ko’ra, ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasi Raisi hisoblanadigan 
bo’ldi.
1992-yil 8-dekabrda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida ulkan siyosiy voqea bo’ldi.
Konstitutsiyamiz suveren davlatimizni qonuniy-huquqiy jihatdan 
shakllantirishning asosi bo’lib qoldi
213
. Konstitutsiyada o’rnatilgan tamoyil 
– davlat hokimiyatini qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud 
hokimiyatlariga bo’linishining mantiqiy davomi sifatida 1993-yil may 
211
Ўзбекистон
Республикасининг

Ўзбекистон
Республикаси
Вице
-
Президенти
лавозимини
тугатиш
ва
Бош
вазир
лавозимини
таъсис
қилиш
ва
Ўзбекистон
Республикаси
Конституциясига
(
Асосий
қонунига

ўз
-
гартириш
киритиш
тўғрисида

ги
қонуни
// 
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Кенгашининг
ахборотномаси
.– 
1992. – 

3. – 144-
модда

212
Ўзбекистон
Республикасининг

Ўзбекистон
Республикаси
Вице
-
Президенти
лавозимини
тугатиш
ва
Бош
вазир
лавозимини
таъсис
қилиш
ва
Ўзбекистон
Республикаси
Конституциясига
(
Асосий
қонунига

ўз
-
гартириш
киритиш
тўғрисида

ги
қонуни
// 
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Кенгашининг
ахборотномаси
. – 
1992. – 

3. – 144-
модда

213
Каримов
И
.
А

Янгича
фикрлаш
ва
ишлаш
– 
давр
талаби

Т
. 5. – 
Тошкент

Ўзбекистон
. – 1997. – 
Б
. 107. 


533 
oyida “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risida”gi
214
qonun qabul qilindi. Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatning mus-
taqil organi maqomini oldi. Eski ma’muriy-buyruqbozlik tizimi hamda 
uning hokimiyat va boshqaruv organlari barham topib, davlat hayotining 
yangi demokratik, huquqiy asoslari yaratildi. Davlat tushunchasi, uning 
ma’no-mohiyati tubdan o’zgardi. U islohotlarning bosh tashabbuskori 
hamda ularni muvofiqlashtiruvchi asosiy kuchga aylandi. 
2003-yillarda ikki palatali parlamentni tashkil etish, o’tkazilayotgan 
islohotlarni chuqurlashtirish, davlat, iqtisodiy-ijtimoiy masalalarni hal
qilishda O’zbekiston Respublikasi Hukumati rolini va mustaqilligini 
kuchaytirish “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
to’g’risida”gi qonunning yangi tahrirda qabul qilish zaruratini kun
tartibiga qo’ydi. Unda Vazirlar Mahkamasi, hukumat a’zolarining 
javobgarligi masalalari aniqlashtirildi
215
.
Vazirlar Mahkamasi va hukumat a’zolariga yuklatilgan vazifalarni
bajarish mas’uliyatini oshirish maqsadida, shuningdek, Vazirlar 
Mahkamasi Raisiga tegishli ayrim vakolatlar – Vazirlar Mahkamasi
faoliyatini tashkil etish va rahbarlik qilish, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
qabul qilinadigan qarorlarni o’z vaqtida samarali ijro etish vazifalari Bosh 
vazir zimmasiga yuklatildi. Oqibatda, O’zbekiston Respublikasining
2003-yil 24-apreldagi 470-II sonli “O’zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasiga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi 
Qonunining qabul qilinishi bilan “O’zbekiston Respublikasining 
Prezidenti O’zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat 
boshlig’idir” deyilgan qoidaning o’zi qoldirildi. O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi bo’lib 
hisoblanishiga doir qoida chiqarib tashlandi va shu asnoda Vazirlar 
Mahkamasining Raisi lavozimi tugatildi. 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 98-moddasiga va 
“O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risida”gi qonunning 
yangi tahririga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Vazirlar 
Mahkamasining shakllantirilishida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Bosh vazir nomzodini ko’rib chiqish va tasdiqlash uchun O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga taqdim etishi hamda uni
214
Ўзбекистон
Республикасининг

Ўзбекистон
Республикаси
Вазирлар
Маҳкамаси
тўғрисида

ги
қонуни
// 
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Кенгашининг
ахборотномаси
. – 1993. – 

5. – 202-
модда

215
Ўзбекистон
Республикасининг

Ўзбекистон
Республикаси
Вазирлар
Маҳкамаси
тўғрисида

ги
қонуни
(
янги
таҳрири
) //
Ўзбекистон
Республикасининг
қонун
ҳужжатлари
тўплами
. – 2003. – 

19. – 169-
модда



534 
vazifasidan ozod qilishi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining a’zolarini 
Bosh vazir taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tasdiqlashi va vazifasidan ozod qilishi to’g’risidagi normalar kiritildi
216

Ma’muriy islohotlardan ko’zlangan maqsad va unga binoan oldindagi 
vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish chora-tadbirlari ko’rildi. 
2003-yilning dekabrida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish 
to’g’risida”gi va “Respublika xo’jalik boshqaruvi organlari tizimini 
takomillashtirish to’g’risida”gi Farmonlari qabul qilindi. Unda davlat va 
xo’jalik boshqaruvi organlari tizimi, ularning asosiy vazifa va funksiyalari 
hamda ro’yxati aniq belgilab berildi. 
O’zbekiston Respublikasining “Davlat boshqaruvini yangilash va 
yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda
siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy 
Qonunini
217
amalga kiritilishi davlat boshqaruvini mazmunan 
yangilash, bunda mavjud demokratik tamoyillarni kengroq joriy etish 
hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini 
yanada kuchaytirishdan iborat bo’lib, mazkur qonun O’zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasiga tegishli tuzatishlar, shuningdek, 
amaldagi qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish uchun 
asos vazifasini o’tadi.
Bu davrda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mustaqil 
davlatchilikning asosiy belgilaridan biri bo’lgan davlat boshlig’ining 
huquqiy maqomi va uning vakolatlariga bag’ishlangan 89-moddasiga
birinchi marta quyidagi norma kiritildi: “O’zbekiston Respublikasining 
Prezidenti davlat boshlig’idir va davlat hokimiyati organlarining kelishil-
gan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi”
218

Bu yerda, 2000-yillarga xos bo’lgan hukumat faoliyatini yangi
darajaga ko’taruvchi to’rt jihatni ajratib ko’rsatish lozim. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish