2-§. Odil sudlov va uning konstitutsiyaviy prinsiplari
Sud hokimiyatining eng asosiy vazifasi – odil sudlovni amalga
oshirishdir.
“Sudlar to’g’risida”gi Qonunning 3-moddasiga muvofiq
O’zbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sud tomonidan amalga
oshiriladi. Bu odil sudlov sud hokimiyatining mutlaq vakolati ekanligini
anglatadi.
Odil sudlov –
bu qonun va u bilan belgilangan tartib-tamoyilga
qat’iy rioya qilgan holda sudlar tomonidan jinoyat, fuqarolik, xo’jalik
ishlarini va ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni ko’rib
chiqish va hal qilish bo’yicha huquqni muhofaza qilish faoliyatining
turidir.
Odil sudlovning konstitutsiyaviy prinsiplari –
bu sud ishlarini
yuritishning eng muhim xususiyatlarini, xarakterini, mazmun-mohiyatini,
tashkil etilishi tartibini belgilovchi Konstitutsiyada mustahkamlangan
huquqiy qoidalardir.
Quyida odil sudlovning asosiy konstitutsiyaviy prinsiplarini ko’rib
chiqamiz.
1. Qonuniylik prinsipi.
O’zbekistonda demokratik huquqiy davlat
shakllanishi sharoitida qonuniylik va inson huquqlariga qat’iy rioya
etish vazifasi alohida ahamiyatga ega bo’lmoqda. O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida mustahkamlab
qo’yilganidek: “O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi. Davlat,
613
uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar
Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar”. Sud davlat organi
bo’lib, uning faoliyatiga ham qonuniylikka rioya etish to’g’risidagi
Konstitutsiya ko’rsatmalari tatbiq etiladi.
Bu qoidaga ayniqsa sud hokimiyatining odil sudlov bo’yicha
vakolatini amalga oshirishda qat’iy rioya etish lozim. Masalan, jinoyatni
ochish, aybdorni fosh etish, unga adolatli jazo tayinlash va aybi bo’lmagan
hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligini va hukm qilinmasligini
ta’minlash orqali jinoyatga oid sud ishlarini yuritishda inson huquq va
erkinliklarini himoya qilish vazifalari qonunga qat’iy rioya qilgan
holdagina bajarilishi mumkin.
Odil sudlov sud ishlarini yuritish doirasida amalga oshiriladi. Odil
sudlov maqsadlariga erishish uchun ijtimoiy munosabatlar protsessual
qonunlar bilan aniq tartibga solinishi lozim, shu tufayli fuqarolik,
ma’muriy, jinoyat va iqtiodiy sud ishlarini yuritish ushbu protsessual
qonunlariga asoslanadi. Qonuniylik to’g’risidagi normalar JPKning
11-moddasida; FPKning 4- va 7-moddalarida; IPKning 7-, 8- va
13-moddalarida; Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 2- va
3-moddalarida, shuningdek, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi
kodeksning 9-, 15 – moddalarida o’z ifodasini topgan.
Mazkur prinsip ishdagi barcha holatlar to’la, har tomonlama va
xolisona ko’rib chiqilishini, har bir ish qonunga asosan ko’rib chiqilishi va
hal qilinishini, sud ishlarini yuritish barcha ishtirokchilarining huquq va
qonuniy manfaatlari himoya qilinishini, sud ishlarini yuritishda
barcha ishtirokchilarning, jumladan fuqarolarning qonunlarga rioya
qilishlarini va ularning talablarini bajarishlari shartligini nazarda tutadi.
O’zbekiston Respublikasi barcha qonunlarning talablariga, shu
jumladan, protsessual faoliyatining prinsiplarini belgilovchi normalarga
rioya etish bo’yicha protsessual faoliyatining har bir ishtirokchisi
zimmasiga yuklatilgan majburiyat qonuniylik prinsipi mazmunini
tashkil qiladi.
Qonunda yo’l qo’yiladigan barcha protsessual harakatlar o’tkazilishi
va protsessual qarorlar qabul qilinishi protsessual kodekslari bilan aniq
tartibga solingan. Odil sudlovni amalga oshirish jarayonida qonuniylik
protsessual qonunchilikda belgilangan kafolatlar tizimi orqali
ta’minlanadi.
Qonuniylik protsessual huquqning barcha prinsip va normalarida o’z
ifodasini topgan hamda sud ishlarini yuritishning barcha tomonlarini
614
ta’riflaydigan universal, hamma sohani qamrab oladigan universal prinsip
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |