Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

“Mamlakatimizda 
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi” 
nomli ma’ruzasi
2
da O’zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining bir qator moddalariga o’zgartishlar 
kiritish yuzasidan bildirilgan takliflarida demokratik islohotlarni 
yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, davlat 
hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, davlat hokimiyatining 
uchta subyekti: davlat boshlig’i – Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro 
etuvchi hokimiyatlar o’rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib 
taqsimlanishini ta’minlash, shuningdek, sosial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy 
islohotlarni amalga oshirishda, mamlakatni yangilash va modernizatsiya 
qilishda siyosiy partiyalarning roli hamda ta’sirini kuchaytirish masalalari 
ko’tarildi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kontseptsiyaning ustivor 
yo’nalishidan kelib, 2011-yil 12-dekabrdagi O’RQ-305-sonli 
“O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga tuzatish 
kiritish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni bilan 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga tuzatish 
kiritdi. Unga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
konstitutsiyaviy vakolat muddati yetti yildan besh yilga qisqartirildi. 
Ayrim davlatlarning konstitutsiyalarida Prezident lavozimiga 
nomzodlar va uni saylash tartibiga qo’yiladigan shartlar ham belgilab 
qo’yilgan. Umuman, barcha mamlakatlarda Prezident lavozimiga 
nomzodlarga bir qatortalablar qo’yiladi: 

birinchidan, 
yosh senzi: AQSH, Rossiya va O’zbekistonda– 
35 yosh, GFRda –40 yosh, Italiyada –50 yosh va hokazo;

ikkinchidan, 
tug’ilishi bilan muayyan mamlakat fuqarosi bo’lishi yoki 
saylovgacha mamlakatda uzoq muddat yashashi, masalan: 
Rossiyada - 10 yil, AQSHda - 14 yil, O’zbekistonda - 10 yil va hokazo; 

uchinchidan, 
Prezident lavozimida bo’lish muddati: AQSH - 4 yil, 
GFR va Fransiyada - 5 yil, Meksika va Rossiyada-6 yil, Italiya - 7 yil va 
hokazo; 


510 

to’rtinchidan, 
ko’p mamlakatlarda Prezident lavozimiga bir 
martadan ortiq (Meksika), ikki martadan ortiq (Rossiya, AQSH) saylanish 
mumkin emas. Fransiya va Italiyada Prezidentning qayta saylanish 
imkoniyati cheklanmagan; 

beshinchidan, 
Prezident lavozimini boshqa davlat yoki tijorat 
faoliyati bilan qo’shib olib borilishi man etiladi. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasidagi 
Prezident lavozimiga nomzodlarga qo’yiladigan talablar jahon standartlariga 
to’la mos keladi. Masalan, 35 yoshga kirgan, faqat O’zbekiston 
Respublikasining fuqarosigina Prezident etib saylanishi mumkin.
O’zbekistonda prezident saylovlari umumiy, teng va to’g’ridan-to’g’ri 
saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan amalga oshiriladi. 
O’zbekistondagi 1991, 2000, 2007, 2015 hamda navbatdan tashqari 
2016-yillardagi prezident saylovlari aynan shu yo’l bilan o’tkazildi. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 91-moddasida, 
«Prezident o’z vazifasini bajarib turgan davrda boshqa haq to’lanadigan 
lavozimni egallashi, vakillik organining deputati bo’lishi, tadbirkorlik faoliyati 
bilan shug’ullanishi mumkin emas.Prezidentning shaxsi daxlsizdir va qonun 
bilan muhofaza etiladi», deyilgan. 
Konstitutsiyaga ko’ra, prezident o’z lavozimida faoliyat olib borayotgan 
vaqtida 
quyidagilarni birga olib bormasligi
nazarda tutiladi: 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish