2-§. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish burchi
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 48-moddasiga ko’ra,
290
«Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning
huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga
majburdirlar».
Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish, boshqa kishilarning
huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish asosiy
konstitutsion burch sifatida e’tirof etilar ekan, bu nafaqat O’zbekiston
Respublikasi fuqarolari uchun, balki mamlakatimiz hududida bo’lib turgan
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar uchun ham bajarilishi
majburiydir.
Ushbu konstitutsion burch O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
va qonunchilik aktlari bilan cheklanib qolmaydi. U juda ham keng
mazmun-mohiyat kasb etib, qonunlarga so’zsiz itoat etish sifatida e’tirof
etish mumkin. Bu esa o’z navbatida inson va fuqarolarning Konstitutsiya
va qonunlar, qonunosti me’yoriy hujjatlar hamda mahalliy davlat
hokimiyati organlarining aktlariga amal qilish shartligini anglatadi.
Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish burchidan tashqari, fuqarolar
muayyan konstitutsion taqiqlarga ham amal qilishi lozim. Xususan,
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasiga ko’ra, diniy
qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi, 57-moddadasiga
ko’ra, konstitutsiyaviy tuzumni zo’rlik bilan o’zgartirishni maqsad qilib
qo’yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va havfsizligiga
fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi,
urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ’ib qiluvchi, xalqning
sog’lig’i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek, harbiylashtirilgan
birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda
jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi. Maxfiy
jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi. Ushbu normalar fuqarolarni
taqiqlangan xatti-harakatlardan o’zini tiyish bilan ogohlantirib,
konstitutsiyaviy burchlarni aniqlashtirib beradi.
Konstitutsiyaviy burchlarni bajarishga qo’yiladigan talablar zamirida
mamlakatda qonuniylikni ta’minlash yotadi
.
Qonuniylik muhiti– davlat va jamiyatdagi mustahkam tartib va
291
barqarorlikning asosi, har bir fuqaro hayotida tinchlik va osoyishtalik
bo’lishining garovidir
134
.
Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish majburiyati huquqiy
munosabatlarning barcha subyektlari uchun umumiy, universal talabdir.
Buning ma’nosi shundaki, har bir inson, har bir fuqaroda hayot va
faoliyatining barcha jabhalarida huquqqa muvofiq xatti-harakat qilishdek
ichki ruhiy hissiyot, e’tiqod mavjud bo’lishi nazarda tutiladi.
135
Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish – nafaqat ularning qoidalarni
buzmaslik, balki fuqarolarning o’z faoliyati, hayot tarzi bilan
konstitutsiyaviy prinsip va asoslarni, qonunchilik normalarini real
voqelikka aylantirishga ko’maklashishlari demakdir
136
.
Konstitutsiya va qonunlarda jamiyat va davlatning ijtimoiy-siyosiy
asoslari, mamlakatda o’rnatilgan huquqiy tartibot, ijtimoiy
munosabatlarning butun tizimi lo’nda qilib ifoda etiladi. Shu sababli
ularga har bir fuqaro qat’iy rioya etishi shart
137
.
Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilmaslik davlat tomonidan
belgilangan qoidalar huquqiy me’yorlarining buzilishiga olib keladi.
O’zbekistonda olib borilayotgan inson huquqlari sohasidagi ichki
va tashqi siyosat, o’z navbatida, aholimizning inson huquqlari va
erkinliklariga rioya qilish, yangi ko’nikma va qadriyatlarni shakllantirish
hamda inson huquqlariga hurmat-ehtirom va uning umummillat darajasida
rivojlantirilishiga olib kelmoqda.
Boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini
hurmat qilish erkinlikning muhim sharti bo’lib, uni chegaralab turadi va
huquqiy tartibga solishning fundamental tamoyili hisoblanadi. Xususan,
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-moddasiga ko’ra,
fuqarolar o’z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa
shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va
erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart.
134
Одилқориев
Х
.
Т
.
Конституция
ва
баркамол
жамият
орзуси
. –
Т
., 2012. –
Б
. 107.
135
Конституциявий
ҳуқуқ
:
Дарслик
/
Х
.
Т
.
Одилқориев
,
У
.
Х
.
Мухаммедов
,
Б
.
А
.
Саидов
ва
бошқалар
;
Масъул
мухаррир
Ш
.
Т
.
Икрамов
. –
Т
.:
Ўзбекистон
Республикаси
ИИВ
Академияси
, 2014.
252-
бет
.
136
Одилқориев
Х
.
Т
.
Конституция
ва
баркамол
жамият
орзуси
. –
Т
., 2012. –
Б
. 107.
137
Одилқориев
Х
.
Т
.
Конституция
ва
баркамол
жамият
орзуси
. –
Т
., 2012. –
Б
. 107–108.
292
Har qanday rivojlangan demokratik fuqarolik jamiyatining muhim
shartlaridan biri jamiyatda inson huquq va erkinliklari kafolatlanganligi
hisoblanadi.
Har bir inson o’z sha’ni va qadr-qimmatiga egaki, ularga qilingan
tajovuz bevosita insonning jamiyatda tutgan o’rniga, uning ruhiyatiga,
xullas, uning turmush tarziga o’z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasida «Har kim
o’z sha’ni va obro’siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga
aralashishdan himoyalanish va turar joy daxlsizligi huquqiga ega»ligi
mustahkamlab qo’yilgan
.
Sha’n
– jamiyatning shaxsga bergan bahosi bo’lib, jamiyat a’zosi
sifatida shaxs ijtimoiy-ma’naviy jihatlarining o’lchovidir. Jamiyatning
shaxsga bahosi to’g’ridan-to’g’ri fuqaroning o’ziga bog’liqdir, chunki
uning shaxsi davlatga va jamiyatga, o’zini o’rab turgan insonlarga
munosabati hamda ba’zi bir harakatlari va umumiy faoliyati asosida
shakllanadi. Bu inson faoliyatining ijtimoiy hayotdagi o’rni va samarali
faoliyatining foydaliligiga bog’liq, chunki mazkur sifat uning barcha
xususiyatlarini aks ettiradi.
Qadr-qimmat
– shaxsning jamoadagi o’rniga, shaxsiy xususiyatlariga,
qobiliyatiga, dunyoqarashiga qarab o’zini o’zi ichki baholashdir. Har
bir inson o’zining jamiyatdagi tutgan o’rnini anglab yetadi.
Qadr-qimmat deganda, odatda, inson va uning ma’naviy hamda aqliy
xislatlari, uning obyektiv va subyektiv jihatlari, jamiyatdagi obro’si,
nufuzi, donishmandligi, ma’naviyati, fe’l-atvori, bilim darajasi kabilar
tushuniladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, “qadr-qimmat” tushunchasida obyektiv va
subyektiv jihatlar mavjud bo’lib, ularning yig’indisi bo’yicha yagona
yaxlitlikni tashkil etadigan quyidagi xususiyatlarga ajratish mumkin:
1)
insonning qadr-qimmati (shaxsning xislatlari qandayligidan
qat’iy nazar, uning ma’lum qadrga egaligi);
2)
shaxsiy qadr-qimmat (muayyan shaxsning ijobiy, ruhiy va
jismoniy xislatlarga egaligi bilan bog’liq qadr-qimmat);
3)
ma’lum ijtimoiy jamoaga mansublik bilan bog’liq qadr-qimmat
(olimlarning qadr-qimmati, milliy qadr-qimmat, ayolning qadr-qimmati,
293
mansabdor shaxsning qadr-qimmati va hokazo)
138
.
Boshqa shaxslarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini
hurmat qilish yuksak huquqiy ong va ma’naviy-axloqiy tarbiyani talab
qiladi. Ayniqsa bu bir shaxsning huquqlari ikkinchi bir shaxsning qonuniy
xohish-irodasini amalga oshirishiga to’sqinlik qilganda yaqqol nomoyon
bo’ladi. Insonning o’z huquqlarini egoizmlik bilan boshqa shaxslarning
huquq va erkinliklari hisobiga amalga oshirishi nafaqat huquq
normalarining, shuningdek, odob-axloq normalarining ham buzilishiga
olib keladi. Bu esa insonlar o’rtasida nizo kelib chiqishiga hamda kuchlilar
huquqining ustunlik qilishiga olib keladi. Konstituttsiya bunday
oqibatlarning oldini olish maqsadida inson va fuqarolarning xohish-
istaklarini chegaralab turuvchi asosiy burchlarini belgilab beradi va bu o’z
navbatida shaxslarning huquq va erkinliklari muovazanatini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |