HARBIY KADRLAR KOMPITENTLIGINI OSHIRISHDA KIMYO DARSLARINING IMKONIYATLARI
M.Sh.Islamova,.
СhOTQMBY o‘qituvchilari
Hozirgi kunda Mudofaa vazirligi tizimida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti, Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus fakulteti, Toshkent Tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakulteti kabi mussasalar mamlakatimizning milliy ofitserlar tayyorlash tizimida jadal faoliyat yuritmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalarida Qurolli Kuchlarimiz uchun 40 dan ortiq yo‘nalishlarda yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlanmoqda.
2017 yil aprel oyida Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtining asrlik shonli an’analarini davom ettirish, ofitser kadrlar tayyorlash tizimini yanada yuqori sifatga ko‘tarish maqsadida, uning bazasida mutlaqo yangi ko‘rinishga va mazmun ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori qabul qilindi.
Hozirda harbiy oliy ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilgan. 2017 yil 24 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini isloh qilish va yanada rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha chora tadbirlar dasturi” to‘grisidagi O‘zbekiston Respublikasi pezidentining № PQ-2738 sonli qarori, 2019 yil 28 iyundagi “O‘smirlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizmini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘grisida № PQ-4375 sonli qarorlari va harbiy oliy ta’lim tizimi kadlariga qo‘yilgan talablar va belgilangan mezonlar, O‘zbekiston respublikasida harbiy oliy ta’limni olgan har bir kadr yuqori vatanparvarlik, mardlik, jasorat, burchga sadoqat hislatlarini o‘zida namoyon qilishi bilan bir qatorda favqulodda operativ qaror qabul qilish, harbiy intizom, harbiy sir, harbiy taktika, chuqur bilim va uni amalda qo‘llash fazilatlarini ham namoyon etish lozimligini nazarda tutadi.
Harbiy ta’limda kadrlarga qo‘yilgan talablar, ularning salohihati va harbiy mahorati yuzasidan belgilangan vazifalarni bajarishda ta’lim jarayonining optimal va samarali, zamonaviy va kommunikativ usullarini topish va qullash muhim masala hisoblanadi. XXI asrga kelib ta’limda axborot kommunikatsion texnologiyalarini qo‘llash optimal va samarali usul sifatida gavdalanmoqda.
Ta’lim tizimini axborotlashtirish masalalarining psixologik-pedagogik jihatlari Asmolova A.G., Bogoyavlenskoy D.B., Gorvitsa Yu.M., Lapteva V.V., Lapchika M.P., Polata Ye.S., Slastenina V.A., Mashbitsa Ye. I., Yershova A. P., Vagramenko Ya. A., Kuznetsova A. A, E. I., Kuznetsova A. G., Kushnirenko, V. M., Monaxova, I. V.larning ilmiy izlanishlarida o‘z ifodasini topgan. Kompyuter texnologiyalari yormamidagi differentsial ta’lim o‘quvchilarda axborot ma'daniyati va kompyuter savodxonligini oshirishga xizmat qilishi S. A. Beshenkova, Yu. S. Branovskiy, I.M. Bobko, A. G. Geyna, S. G. Grigoreva, B. S. Gershunskiy, V. A. Kaymin, V.YE. Yatsenkolarning ilmiy izlanishlarida o‘z isbotini topgan.
Kompetensiya - bu ma'lum bir vakolatlarga, ya'ni o‘z faoliyati to‘g‘risidagi bilim va tajribaga egalik qilishdir, bu obektiv qarorlar chiqarish va anniq qarorlar qabul qilishga imkon beradi.[2] Harbiy kompetensiya - bu harbiy kasbiy tayyorgarlik va harbiy qisimning, alohida askarning jangovar vazifalarini bajarishi va harbiy xizmat uchun javobgarligi tushuniladi. Harbiy xizmatchilarning harbiy mutaxassis sifatida vakolatlari o‘quv jarayonida rivojlanadigan va harbiy faoliyat jarayonida asosiy kompententsiyalar tizimi bilan shakillanadi.[3]
Harbiy o’z hayotida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o’z o’rnini egallashi, duch keladigan muommolarning yechimini hal etishi, eng muhimi, o’z sohasi, kasbi bo’yicha raqobatbardosh bo’lishi uchun zarur bo’lgan tayanch kometentsiyalarga ega bo’lishi lozim. Bundan tashqari, ta’limda har bir o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida o’quvchilarda, shu fanning o’ziga hosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli xususiy kompetentsiyalar ham shakillantiriladi.[4]
Do'stlaringiz bilan baham: |