2-BOB. Hayot uchun xavfli holatlarda tibbiy evakuatsiyaning barcha
bosqichlarida shoshilinch terapevtik yordam
Talaba bilishi kerak:
1.
O’tkir zaxarlanishlar etiologiyasini.
2.
O’tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligini.
3.
O’tkir o’pka shishini.
4.
O’tkir psixozlarni.
5.
Talvasali sindromni.
6.
O’tkir zaxarlanishlarda tibbiy yordam ko’rsatishni.
Talaba bajara olishi kerak:
1.
O’tkir zaxarlanishlarni, hayot uchun xavfli holatlarni tashxislashni;
2.
Tibbiy evakuatsiya bosqichlarida birinchi tibbiy, shifokorgacha, shifokor,
malakali va maxsus yordam ko’rsatish usullarini.
Harbiy – tibbiy qonunlarga asoslangan, shoshilinch tibbiy yordam – bu tibbiy
tadbirlarning jamlamasi bo’lib, hayot uchun xavfli hollarda o’tkaziladi, yoki hayot
38
uchun muhim a’zolar faoliyatidagi og’ir buzilishlarni bartaraf qilish maqsadida,
yoki xavfli, hayot uchun xatarli asoratlarni oldini olish uchun o’tkaziladi.
Shoshilinch yordamning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
1.
Nafas olishni qayta tiklash.
2.
Qon aylanishni qayta tiklash.
3.
So’rilmagan va sirkulyatsiyadagi ekzo va endogen zaxarlarni chiqarish yoki
neytrallash yo’llari orqali organizmning ichki muhitini qayta tiklash; suv –
elektrolit va boshqa almashinuvining og’ir buzilishlarini korreksiyalash,
kislotali-ishqoriy muvozanatni tiklash.
4.
MNS faoliyatini qayta tiklash.
5.
Jigar va buyrak faoliyatlarni qayta tiklash va ushlab turish.
Katta sondagi davolash usullarini o’z ichiga olgan shoshilinch terapevtik yordam
choralarini chizmali guruh tadbirlariga ajratish mumkin:
1.
Nafas yo’llari o’tkazuvchanligini qayta tiklash (shilliqni aspiratsiya qilish,
yot jismlarni olib tashlash, bronxospazmni bartaraf qilish va h.k.).
2.
O’pkani sun’iy ventilyatsiyasini amalga oshirish.
3.
Yurak faoliyaniti qayta tiklash va ushlab turish (yurakni bevosita va
bilvosita uqalash, elektroimpulsli davolash, infuzion davolash, vazoaktiv
dori-darmonlarni, yurak glikozidlarini yuborish).
4.
Antidotli davo (FOB bilan shikastlanganda)
5.
Og’riq sindromini bartaraf qilish.
6.
Oksigenli davo.
Quyidagi sindrom va holatlar shoshilinch terapevtik yordam va jonlantirish
usullarini qo’llashni taqozo qiladi:
1.
O’tkir nafas yetishmovchiligi.
2.
O’tkir yurak yetishmovchiligi.
3.
O’pka shishi.
4.
O’tkir tomir yetishmovchiligi (kollaps).
5.
O’tkir buyrak yetishmovchiligi.
6.
Buyrak eklampsiyasi.
7.
Talvasali sindrom va psixomotor qo’zg’alish sindromi.
8.
Karaxtlik (shok) jarohatlanishi, anemik, kuyishli, septik, anafilaktik).
9.
Ichki qon ketish sindromi (o’pkadan, me’da-ichakdan) o’tkir anemic
sindrom.
10.
O’tkir qorin, me’da-ichak tizimi parezi sindromi.
11.
Komatoz holatlar.
12.
O’tkir kimyoviy etiologiyali zaxarlanish (ma’lum yoki noma’lum zaxar
bilan).
39
Do'stlaringiz bilan baham: |