Harbiy-dala terapiya



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/41
Sana17.04.2022
Hajmi1,04 Mb.
#559318
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
Bog'liq
KITOB XDT

Tuzalish davri

Qon ishlab chiqarish normallashuv belgilaridan boshlanadi. 
Periferik qonda avvaliga yakka-yakka miyeloblastlar promielotsitlar, mielotsitlar, 
monotsitlar va retikulatsitlar keyinchalik trombatsitlar soni oshib boradi. Ko’mik 
tekshirilganda, uning regeneratsiyasi barcha belgilari kuzatiladi, blast hujayralari 
turlari, mitozlar va miyelokariotsitlar ko’payadi. Bir davrni o’zida qon ishlab 
chiqarishni regeneratsiyasi va neytrofillar soni, bemorni umumiy ahvoli 
yaxshilanadi, qon oqishga moyillik yo’qoladi, nekrotik to’qimalar ajratib 
tashlanadi va teri bilan shilliq qavatlardagi chuqur bo’lmagan eroziyalar bitadi, 2-5 
oydan terini va yog’ bezlari funksiyasi normallashadi, soch o’sishi qayta tiklanadi. 
Shunga qaramay hali uzoq muddat astenizatsiya belgilari, vegetativ tomirli 
distoniya gemodinamik va gematologik ko’rsatkichlar beqarorligi saqlanib qoladi. 
Shuningdek buzilgan faoliyatlar qayta tiklanishi sekin asta davom etadi va 
xarakterlanadi, ayniqsa O’NK og’ir turlarida shikstlangan a’zolardagi 
regeneratsiya bilan bir qatorda uzoq muddat kuchli holsizlanish va boshqaruvchi 
jarayonlarni funksional yetishmasligi, ayniqsa yurak-tomir va asab tizimlarida 
kuzatiladi. O’NK oqibati natijasi yomon bo’lmaganda tuzalish davri 3-6 oygacha 
davom etadi, ba’zida 1 yilgacha bo’lishi mumkin O’NK og’irlik darajasiga bog’liq 
to’liq tuzalish 1-3 yilgacha uzayishi mumkin.
O’NK I (1-2 gr) 
tuzalish davri nurlanishdan so’ng 2 oy oxirida yuzaga keladi. 
To’liq tuzalish va ish qobiliyatini tiklanishi kuzatiladi. 
O’NK II (2-4 gr). 
Tuzalish qon ishlab chiqarishni jadallashuv belgilaridan 
boshlanadi. Tana harorati pasayadi umumiy ahvoli yaxshilanadi. Tuzalish davrida 
bemorlar hali shifoxonada davolanishga muhtoj bo’ladilar(1-1,5 oygacha) 
keyinchalik ular ambulator davolashga chiqarilishi mumkin. Faqat shundan so’ng 
harbiy vrachlik va mexnat ekspertizasi savollari hal qilinadi. O’NK II og’irlik 
darajasi bilan og’rigan bemorda nurlanishdan so’ng 4-5 oy o’tgandan so’ng 
taxminan 50 % bemorlarda ish qobiliyati to’liq tiklanishi mumkin. Shuningdek 
qolganlarida bu ko’rsatkich past holida qoladi.
O’NK III (4-6 gr). 
Kasallik oqibati natijasi yomon bo’lmaganda uzoq muddatli 
tuzalish davri kuzatilib uning jarayonida tezligi va muddati har xil bo’lgan qator 
a’zo va tizimlarning funksional holatini tiklanishi kuzatiladi. Qon ishlab chiqarish 
jadallashadi va qisqa muddatda tiklanadi. Shunda ko’mik bir necha kun davomida 
bo’shagandan giperplaziyalangancha aylanadi. Periferik qonda leykotsitar 
formulani chapga siljishi, neytrofilli leykotsitoz, yosh mielotsitlar, promielotsitlar, 
mieloblastlar hisobiga namoyon bo’ladi. Tuzalish belgilari paydo bo’lgandan 4-5 
hafta o’tib bemorlar, shifoxona sharoitida davolanishga muhtoj bo’ladilar. 
Keyinchalik ahvoli yaxshilanib ularni dam olish maskani yoki sanatoriyga 


25 
o’tkazish mumkin bo’ladi, ularni bu yerda 1,5-2 oy davomida bo’lishi maqsadga 
muvofiqdir. Shundan so’ng ekspertiza masalalarini hal qilish mumkin bo’ladi. 
O’NK III og’irlik darajasi bilan og’rign bemorning ko’pchiligida ifodalangan 
o’zgarishlar mavjud bo’lib mehnat qobiliyatini pasayishiga sababchi bo’ladi.
O’NK oqibat natijasi mumkin bo’lgan turlarida to’liq klinik tuzalish va u yoki 
bu darajali organik nuqsonli yoki funksional yetishmovchilikni tuzalishi (nuqsonli 
tuzalish) kuzatilishi mumkin.
Klinik sog’ayish deb quyidagi holat tushuniladi: yuzaga kelgan nurlanishli 
shikastlanishlarni deyarli to’liq (Devilson bo’yicha 95%) reparatsiyani zarur 
fiziologik nuqsonli sog’ayishda qoldiqli jaroxatlar, boshqa tuzilmalar faoliyatidan 
to’liq darajada kompleksatsiyalanmaydi yoki boshqarish darajasi to’liq sifatli 
hayot faoliyatini zarur hajmini ta’minlamaydi, hatto nuqsonni anatomik 
reparatsiyasi 70-90 % gacha bo’lganda dastlabki ko’rsatkichga nisbatan. 

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish