Harbit talim muassasalari haqida umumiy hamma malumot


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV



Download 1,24 Mb.
bet2/17
Sana06.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#749936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
OHTM-HAMMA MALUMOTLAR

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 3-iyun,
141-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlashni tashkil etish tartibini va qabul qilish qoidalarini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona institutiga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi alohida nizomlar bilan belgilanadi.
(1-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 365-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2019-y., 09/19/365/3036-son)
2. Oliy harbiy ta’lim muassasalariga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Butlash rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlariga Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun kursantlarni qabul qilishning umumiy sonidan besh foizli kvota ajratiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 529-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/529/3346-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatida ma’lum bir natijalarga erishgan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan ofitsyerlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining farzandlari uchun oliy harbiy ta’lim muassasalariga kursantlarni bakalavriatga qabul qilishning umumiy qabul sonidan besh foizli kvota, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xizmatdagi harbiy xizmatchi va xodimlarining farzandlari uchun ikki foizli kvota ajratiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 470-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son)
3. Oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash va qabul qilish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan tanlash bo‘yicha Tadbirlar kompleksiga binoan amalga oshiriladi.
4. Oliy harbiy ta’lim muassasalari tinglovchilari kontingentini sifatli butlash uchun:
harbiy-professional yo‘nalish;
dastlabki tanlash;
harbiy-professional tanlash;
test sinovlarini nazarda tutuvchi kompleks bosqichma-bosqich tanlash amalga oshiriladi.
5. Harbiy professional yo‘nalish — shaxsiy mayllarga, qiziqishlarga, qobiliyatlarga muvofiq va turli mutaxassisliklar bo‘yicha harbiy kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarni hisobga olgan holda yoshlarni harbiy kasbni asosli tanlash bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan, rejalashtirilgan faoliyat.
6. Dastlabki tanlash — oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirishga qaror qilgan fuqaro yoki harbiy xizmatchiga tegishli ma’lumotlarni, uning ta’lim muassasasidagi o‘zlashtirishi darajasini, individual-psixologik xususiyatlarini, jismoniy tayyorgarligi va sog‘lig‘i haqidagi ma’lumotlarni dastlabki to‘plash va o‘rganish.
7. Harbiy-professional tanlash — yakka tartibdagi yakuniy suhbatda uzil-kesil ko‘rib chiqish uchun nomzodning asoslangan va psixofiziologik xususiyatlarini, tayyorlanganligi va ko‘nikmalarini, shuningdek sog‘lig‘i va umumjismoniy tayyorgarligini hisobga olgan holda uning tanlangan harbiy mutaxassislikni egallab olishga tayyorligini aniqlashga yo‘naltirilgan kompleks tadbirlar.
8. Test sinovlari — oliy harbiy ta’lim muassasalarining ta’lim yo‘nalishlari o‘ziga xosligini hisobga olgan holda nomzodning umumta’lim darajasini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan tadbir.
9. Oliy harbiy ta’lim muassasalariga qabul qilish tanlov, teng huquqlilik va qabul qilishning yagona qoidalari asosida amalga oshiriladi.
Nomzodlar uch tildan — o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillaridan birini shaxsan tanlagan holda test sinovlari topshiradilar.
10. Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishni sifatli tashkil etish maqsadida oliy harbiy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan manfaatdor vazirliklar va idoralar (keyingi o‘rinlarda vazirliklar va idoralar deb ataladi) tomonidan, belgilangan tartibda, oliy harbiy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tashkil etiladi.
11. Nomzodlarni o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi arizalarni (bildirgilarni) topshirish muddatlari va qabul komissiyasiga taqdim etiladigan zarur hujjatlar ro‘yxati vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi.

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish