O‘yinga tayyorlanish. Devor (shit)dan 4 metr masofada start chizig‘i chiziladi. Undan maydon o‘rtasigacha bir-birindan bir metr masofada yo‘lakcha-chiziqlar chiziladi va raqamlar bilan belgilanadi. Devordan qancha uzoq bo‘lsa, chiziqlar soni shuncha ko‘p bo‘ladi.
O‘yin tasnifi. O‘yinchilar navbat bilan start chizig‘idan to‘pni devorga otadilar va u devorga urilib uzoqqa qaytib tushishi lozim. Qaytgan to‘p qanchalik uzoqqa tushsa, uloqtiruvchilar o‘z jamoasiga shuncha ko‘p ochko keltiradi. Jamoaning barcha a’zolari to‘plagan ochkosiga qarab g‘olib aniqlanadi. Devorda doira shaklida belgilangan nishon yordamida ham o‘yin o‘tkazish mumkin. Bunday holatda otish kuchi va aniq mo‘ljalga urish hisobga olinadi, to‘p bilan o‘qituvchi yuqoriga otgan basketbol to‘pini poylash ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |