Yer ustidagi nishonga
O‘yinga tayyorlanish. Voleybol maydonchasining har tomonida, hujum chizig‘i oldida diametri 1,5 m ga teng doira chiziladi. Ikkita jamoa to‘rdan turli masofada joylashadilar. Bir jamoa o‘yinchilari qo‘lida tennis to‘pi bo‘ladi.
O‘yin tasnifi. Rahbar signali bo‘yicha har bir jamoadan ikkita o‘yinchi bir vaqtda to‘r tomon intiladi. Qo‘lida to‘p ushlagan o‘yinchi imkon boricha baland sakrab va harakatni ta’kidlab ko‘rsatib, raqib tomonidagi doiradan biriga to‘p otadi. To‘r orqasidagi o‘yinchi to‘siq qo‘yib, unga halaqit berishga harakat qiladi. Hujumchi hohlagan doiraga to‘p tushirsa, ikki ochko oladi. Agar u to‘siqni yengib o‘tib, to‘pni doiraga (maydoncha tashqarisiga) chiqarib yuborsa, tushira olmasa-1 ochko beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |