8. «Yo‘ldan sakrash» o‘yini.
Maydonchaga har birining kengligi 50 sm keladigan 7-8 ta yo‘llar chiziladi. Start chizig‘i bilan birinchi yo‘l orasidagi masofa 40 sm, birinchi yo‘l bilan ikkinchi yo‘l oralig‘i 50 sm, ikkinchi bilan ikkinchi yo‘l orasidagi masofa 60 sm. O‘yinchilar to‘rtta komandaga bo‘linib, bir qatorli kolonnada start chizig‘ining orqasida turadilar. O‘qituvchining signalidan keyin komandalarning birinchi o‘yinchilari yo‘ldan ikkinchisiga, ikkinchidan uchinchisiga chiziqlarni bosmasdan sakrab o‘tadilar. Vazifani aniq xatosiz bajargan o‘yinchi 1 ochko oladi. Ko‘p ochko to‘plangan komanda g‘olib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |