41. «To‘p havoda» o‘yini
O‘yinchilarning hammasi qo‘llarini yon tomonga ochib doira xosil qilib turadilar, onaboshi esa doira o‘rtasida turadi. O‘qituvchining signalidan keyin doirada turgan o‘yinchilar to‘pni yuqoridan, pastdan tegizmasdan bir-birlariga uzata boshlaydilar. Onaboshi doira o‘rtasida yugurib to‘pni yuqoridan uzatilganda o‘ngga sakrab qo‘l tegizishi, pastdan uzatilganda ushlab qolishi va o‘yinchi to‘pni qo‘lida ushlab turgan paytda unga qo‘l tegizishga harakat qilishi kerak bo‘ladi. Onaboshi to‘pga qo‘lini tegiza olsa, unda onaboshi to‘p ushlab turgan yoki uzatayotgan o‘yinchi bilan o‘rin almashadi. O‘yin shu zaylda davom ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |