CHAVANDOZ
Har bir o‘zbek farzandi ot minishi va otga minib chopishni bilishi kerak.
CHavandozlar o‘yiniga turli yoshdagi o‘quvchilar qatnashishi mumkin. O‘yin ishtirokchilari 2-3 komandaga bo‘linadi.
Kuchli, baquvvat o‘quvchi ot vazifasini, engil o‘quvchi esa chavandoz vazifasini bajaradi.
CHavandoz otni minib oladi va o‘yinga tayyor holda turadilar.
O‘qituvchi qo‘lida “Uloq” bo‘sh teri yoki lattadantayyorlangan narsani o‘zidan 10-15 metr uzoqqa otib yuboradi. CHavandozlar terini olib o‘qituvchiga olib kelishi kerak. CHavandozlar o‘yin davomida bir-birlarini itarib yubormasliklari kerak.
“CHavandozlar” o‘yini sport bayramlarida o‘tkazilsa bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |