25. “YOmg‘ir” o‘yini
Maydonga yoki zalning qarama – qarshi tomoni orasida 12-15 m masofa qoldirilib, bir tomonda «Uy» ikkinchi tomonda «Maktab» chiziq bilan ajratiladi. «Uy» bilan «Maktab» oralig‘i «ko‘cha» bo‘ladi. Onaboshi - «YOmg‘ir» ko‘chada sayir qilib yuradi. Qolgan barcha o‘yigchilar uy chizig‘ining ichida turadilar.
Onaboshi – «yomg‘ir» o‘yinchilardan: «yomg‘irlardan qurqmaysizlarmi?» deb so‘raydi. Hamma o‘yinchilar baravariga: «yo‘k qo‘rqmaymiz», deb javob beradilar – da uydan maktabga yuguradilar. Ona boshi yugurib ketayotganlarni quylaydi hamma o‘yinchilar «maktabga» borganlaridan keyin «yomg‘ir» yana bolalar murojat qiladi. Ular yana javob berib, o‘z uylariga yugurib o‘tadilar. 6-8 kishi uslangandan keyin o‘yin tomom bo‘ladi, so‘ngra qo‘lga tushmaganlar orasidan yangi onaboshi saylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |